Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob G’oyibdan duo qilishning fazli haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
343-bob G’oyibdan duo qilishning fazli haqida
Alloh taolo: «Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, Uzing bizlarni va bizlardan ilgari imon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin» (Hashr surasi, 10-oyat), «O’z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar(ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang» (Muhammad surasi, 19-oyat), Ibrohim alayhissalom haqlarida xabar berib, «Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 289 (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgin» (Ibrohim surasi, 41-oyat), Nuh alayhissalom haqlarida xabar berib: «Parvardigorim, Uzing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni, barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin» (Nuh surasi, 28-oyat), deb aytgan. 1042/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biron bir musulmon banda g‘oyibdan birodariga duo qiladigan bo‘lsa, farishta: senga ham o‘sha (duoning) mislidek bo‘lsin, deydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning boshqa rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishining g‘oyibdan birodariga qilgan duosi mustajobdir. (Duo qiluvchining) bosh tarafida vakil qilingan farishta turadi. Har gal birodariga yaxshilik bilan duo qilganda, farishta «Omin, senga ham uning mislidek bo‘lsin», deydi», deganlar. 1043/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ijobati tez bo‘luvchi duo g‘oyib kishining g‘oyibdagi kishiga qilgan duosidir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Termiziy buni zaif, deganlar. 344-bob Yaxshilik qilgan kishiga duo qilmoqning mahbubligi va o‘sha duoning sifati haqida 1044/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga yaxshilik qilinsa, qiluvchi kishiga «Jazokallohu xoyron», ya’ni «Alloh sizni yaxshiliklar ila mukofotlasin», deb aytsa, maqtovning eng yetugini qilibdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati. Biz «Tilni saqlash kitobi»da keltirganimizdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki sizlarga yaxshilik qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasangiz, uning hakqiga duo qilinglar. Hattoki sizlar mukofotlagan narsalaringizni unda ko‘rursizlar», dedilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling