Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va 
qo‘rquv bilan duo iltijo qilar edilar» (Anbiyo surasi, 90-oyat), «Parvardigoringizga 
tazarru’ bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz!» (A’rof surasi, 55-oyat) degan edi. 
Yettinchisi: talab qilayotganda jazm qilib, ijobat bo‘lishiga ishonib, unga bo‘lgan umidini 
tasdiqlaydi. Bunga mashhur dalillar juda ko‘p. Sufyon ibn Uyayna (r.a.) deydi: 
«Sizlardan biringizni nafsidan bilgan narsasi duo qilishdan man qilmasin (ya’ni, noumid 
bo‘lmasin). Chunki Alloh taolo maxluqotlar yomoni bo‘lgan Iblisning ham (duosini) ijobat 
qildi. A’rof surasining 14-15-oyatlarida: «Menga ular tiriladigan Kungacha 
(qiyomatgacha yashash uchun) muhlat ber», dedi. (Alloh) dedi: «Sen muhlat 
berilganlardansan», deb keltirilgan». 
Sakkizinchisi: duoda sobit bo‘lmog‘i, uch marta takror qilmog‘i va ijobatga sabrsizlik 
etmasligi lozim. 
To‘qqizinchisi: Allohning zikri bilan duoni boshlamoqligi. Imom Navaviyning fikrlaricha


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
287
Allohga hamd va sanodan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib
yana shular bilan xotima yasaydi. 
Uninchisi: bu ijobat etilishiga sabab bo‘luvchi ahamiyatlisidir. Ya’ni, tavba qilish, zulmni 
o‘z egasiga qaytarish va Alloh taologa yuzlanish. 
Fasl: G’azzoliy: «Agar qazo-qadar bitib qo‘yilgan bo‘lsa-yu, duoning foydasi nima?» deb 
aytilsa, bunga javob quyidagichadir: «Bilingki, duo bilan qaytarish qazoning 
jumlasidandir. Duo baloni qaytarish va rahmatning bor bo‘lishiga sababdir. Xuddi qalqon 
qurolni qaytarishga sabab bo‘lgani yoki suv yerdan o‘simlik chiqarish uchun sabab 
bo‘lgani kabidir. Shu singari qalqon nayzani daf qiladi, duo esa baloni daf qiladi. Silohni 
ko‘tarmasdan qazo-qadarni e’tirof etish shart emasdir. Alloh taolo Niso surasining 102-
oyatida «Ular ham ehtiyoj choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar», deb aytgan», 
dedilar. 
Alloh taolo biror ishni taqdir qilsa, uning sababini ham barpo etgan. Duoda, zikr 
qilganimizdek, foydalar bor. U ham bo‘lsa, unda qalbni jamlab ehtiyojmandligini 
bildirish. Bu ikki xislat ibodat va ma’rifatning nihoyasidir. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling