Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Yangi kiyim yoki yangi poyabzal va shunga o’xshash narsalar kiyganda o’qiladigan duolar
www.ziyouz.com kutubxonasi
16 32/7. Yana Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar: «La ilaha illa anta, subhanakallohumma va bihamdik, astag’firuka lizanbiy va as`aluka rohmatak, Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy min ladunka rohmah, innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Senga hamd aytish bilan Seni poklayman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Rahmatingni so’rayman. Ey Rabbim, ilmimni ziyoda et. Hidoyatga sol-ganingdan keyin qalbimni og’dirma. Huzuringdan menga rahmat ber. Albatta, Sen ko’plab ato etguvchisan.) Abu Dovud rivoyatlari 3-bob. Kiyim kiyishda o’qiladigan duolar Kiyim kiyishda va shu singari amallarda bismillohni aytish mustahabdir. 33/1. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’ylak, rido yoki salla kiysalar, bismillohni aytib, so’ng: «Allohumma inniy as`aluka min xoyrihi va xoyri ma huva lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma huva lahu», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini va unga beriladigan narsaning yaxshisini so’rayman. Va uning yomonidan hamda unga beriladigan narsaning yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 34/2. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kiyim kiyib, «Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min g’oyri havlin minniy va la quvvah», desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar. (Ma’nosi: O’zgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan Allohga hamd bo’lsin). Ibn Sunniy rivoyatlari 4-bob. Yangi kiyim yoki yangi poyabzal va shunga o’xshash narsalar kiyganda o’qiladigan duolar Yangi kiyim kiyganda bismillohni aytish mustahabdir. 35/1. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh yangi kiyim kiysalar, sallami, ko’ylakmi yoki ridomi, bismillohni aytib, so’ng quyidagi duoni o’qir edilar: «Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi, as`aluka xoyrahu va xoyra ma suni’a lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma suni’a lahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim, meni kiyintirganing uchun Senga hamd bo’lsin. Sendan buning yaxshiligini va unga qilingan yaxshilikni so’rayman. Va buning yomonligidan va unga qilingan yomonlikdan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyatlari 36/2. Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim yangi kiyim kiyib, so’ng: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 17 «Alhamdu lillahillaziy kasaniy ma uvariy bihi ‘avrotiy va atajammalu bihi fiy hayatiy» duosini o’qib, so’ng eskirgan kiyimini sadaqa qilishni qasd qilsa, u Allohning hifzu himoyasida va Uning yo’lida bo’ladi», deganlarini eshitdim». (Ma’nosi: Avratlarimni to’sib, meni kiyintirgan va hayotimni go’zal qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Termiziy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling