Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
299
Abu Bakr Abdurahmon ibn Qosim ibn Faraj al-Hoshimiydan, u Abu Mishardan, u Said ibn 
Abdulazizdan, u Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarrdan (r.a.), 
Abu Zarr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, u zot Jabroil alayhissalomdan, Jabroil 
(a.s.) esa Alloh taolodan quyidagilarning xabar berdilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim
Uzimga zulmni harom qildim va sizlarning oralaringizda ham uni harom qildim, bas, 
zulm qilmanglar! Ey bandalarim, sizlar kechayu kunduz xato qilasizlar. Men esa 
ahamiyat bermasdan gunohlaringizni kechiraman. Bas, Menga istig‘for aytinglar, 
gunohlaringizni kechaman. Ey bandalarim, barchangiz ochsiz, faqatgina Men 
taomlantirganlargina unday emas. Bas, Mendan taom talab qilinglar, sizlarni 
taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalong‘ochsiz, faqatgina Men 
kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni 
kiyintiraman. Ey bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar fojir qalbli kishi 
bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringizu 
oxirlaringiz, insu jinlar taqvoli qalb kishilari bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib 
qolmaydi. Bandalarim, agar avvallaringizu oxirlaringiz, insu jinlar bir tepalikda turib 
Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi so‘ragan narsasini bersam, mulkimdan biror narsa 
kamaymaydi. Faqatgina dengizga ninani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik 
ozayadi, xolos. Ey bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men uni sizlarga saqlab 
beraman. Kimki yaxshisini topsa, Alloh azza va jallaga hamd aytsin. Kimki bundan 
boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi». 
Abu Misharning aytishlaricha, Said ibn Abdulaziz: «Abu Idris agar mana shu hadisni 
gapirsalar, tiz cho‘kib o‘ltirardilar», deganlar. 
Bu sahih hadis bo‘lib, uni biz «Sahihi Muslim» va boshqalarda rivoyat qildik. Buning 
isnodi mendan boshlanib, Abu Zarrgacha - barchalari dimashqlikdir. Abu Zarr ham 
Dimashkqa kirganlar. 
Bu hadisda bir qancha foydalar jamlangandir. Ulardan isnodi va matnining sahih bo‘lishi 
va oliy bo‘lishi, silsilasi dimashkdiklarga borib taqalishi hamda buning barakali 
bo‘lishligidir. Va yana bundan tashqari din usullari, furu’lari va odoblarini hamda qalb 
latofatliligini o‘z ichiga oluvchi ulkan qoida hamdir. 
Imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Shom ahliga mana shu hadisdan ko‘ra 
sharafliroq hadis yo‘qdir», deganlar. 
Allohning yordami ila «Al-Azkor» kitobi shu yerda nihoyasiga yetdi. Alloh taolo 
duolarimizni qabul va zikrlarimizni maqbul aylasin, O'zining hidoyat yo‘lidan 
adashtirmasin! Omiyn! 
Onlineda o’qish: 
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.0
Forum uchun Doniyor tayyorladi. 
www.ziyouz.com
2007 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling