Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Maqtashni muboh qiluvchi hadislar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
Maqtashni muboh qiluvchi hadislar 
Sahih hadislarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiqqa 
(r.a.) «Ikkitamiz bo‘lsak, uchinchimiz Alloh ekaniga gumoning qanday?» yoki (boshqa 
bir hadisda aytilishicha) «Sen izorini mutakabbir niyatida ko‘tarib yuruvchi emassan», 
(yana boshqa bir hadisda keltirilishicha) «Ey Abu Bakr, yig‘lamagin, albatta menga 
do‘stligi va molidagi eng ishonchlisi Abu Bakrdir. Agar ummatimdan xalil (do‘st) ushlash 
kerak bo‘lganida, Abu Bakrni xalil qilib olardim», (boshqa bir hadisda esa aytilishicha) 
«Jannatga kirishda, hamma eshigidan chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman», 
(yana bir hadisda keltirilishicha) «Unga kirishiga izn berib, jannatga kirishining 
xursandlik xabarini ber», (yana boshqa bir hadisda aytilishicha) «Ey Uhud tog‘i, tinchlan, 
chunki senda nabiy, siddiq va ikki shahid bor», dedilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannatga kirib, bir qasr ko‘rdim. «Bu qasr 
kim uchun?» desam, «Umar uchun», deb aytishdi. Unga kirishni xohladim-u, sening 
rashkchi ekaningni eslab qoldim», deganlarida, Umar (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur, ey 
Rasululloh, sizga rashk qilarmidim?» dedilar. Boshqa hadisda keltirilishicha, «Ey Umar, 
shayton sening yo‘ling tomon yo‘liqmagan. Agar yo‘liqadigan bo‘lsa ham, sen tomondan 
boshqa yoqqa burilib ketgan», dedilar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha esa, «Usmonga 
(eshikni) ochib, jannatga kirishining xabarini bergin», yana boshqa bir hadisda 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
aytilishicha, Aliga (r.a.) «Sen mendansan, men sening (qavming)danman» va «Muso 
huzuridagi Horundek mening huzurimda bo‘lishga rozi bo‘lmaysanmi?» deb aytganlar. 
Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Bilolga (r.a.) «Jannatda kavushing ovozini eshitdim», 
deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha esa, Ubay ibn Ka’bga «Ilm sizni baxtli 
qilsin, ey Abu Munzir», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Abdulloh ibn 
Salomga «Sen o‘lguningcha Islomdasan», deganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha
ansoriylarga «Alloh azza va jalla sizlarga kuldi. (Yoki) qilgan ishlaringizdan ajablandi», 
deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, ansoriylarga «Sizlar kishilar orasidagi 
eng mahbublisidirsizlar», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, Ashaj 
Abdulqaysga «Senda ikki xislat bordir. U xislatlarni Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radi, 
ular: halimlik va bosiqlikdir», dedilar. Mana shu ishora qilgan hadislarim sahih
mashhurdir. Bunga o‘xshash Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarning yuziga 
maqtagan hadislari juda ko‘pdir. Ammo sahoba, tobe’in va ulardan keyingi 
ergashiladigan ulamolarning maqtovlari behad ko‘pdir. 
Abu Homid G’azzoliy «Ihyo» kitobining zakot qismida quyidagi so‘zlarni keltirganlar: 
«Agar biror kishiga sadaqa berilsa, oluvchi kishi beruvchiga qarashi kerak. Agar beruvchi 
rahmatni va sadaqasi ovoza bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, oluvchi kishi uni maxfiy qilmog‘i 
lozim bo‘ladi. Chunki hakqini ado etishlik zulmga yordam berishga olib bormasligi kerak. 
Sadaqa beruvchining rahmat talab etishi zulmdir. Agar sadaqa bergan kishining rahmat 
aytilishini yaxshi ko‘rmasligini bilsa, olgan kishi rahmat aytmog‘i va bergan sadaqasini 
ovoza qilmog‘i lozim». Sufyon as-Savriy: «Kimki o‘z nafsini bilsa, kishilarning maqtovi 
zarar qilmaydi», dedilar. Abu Homid G’azzoliy avvalgi bobdagi o‘tgan narsalarni zikr 
qilganlaridan keyin quyidagi so‘zlarni keltirdilar: «Bu ma’nolarning nozikligini qalbiga 
rioya qilgan kishi mulohaza qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu nozik narsalarga ahamiyat 
bermay, a’zolarning amal qilishi foydasi oz, qiyinchiligi ko‘p bo‘lgani uchun shaytonga 
kulgi bo‘ladi. Bir masalani ta’lim olmoq bir yillik ibodatdan afzal, deyilganida, mana shu 
ilm nazarda tutilgan. Endi bu ilm bilan umr ibodati tiriltiriladi. Johillik bilan esa umr 
ibodatini o‘ldirib, yaroqsiz qilib ko‘yiladi». 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling