Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Kishi o‘zini maqtab, qilgan yaxshiliklarini zikr qilishi haqida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
223-bob Kishi o‘zini maqtab, qilgan yaxshiliklarini zikr qilishi haqida 
Alloh taolo Najm surasining 32-oyatida «Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya 
qolinglar», deb aytgan. 
Bilingki, o‘zini maqtab, yaxshiliklarini zikr qilish ikki xil bo‘ladi: yomon ko‘rilgan va 
mahbub ko‘rilgan. Yomon ko‘rilgani faxrlanib, o‘zini baland tutib, tengdoshlaridan ajralib 
turish uchundir. Mahbub ko‘rilgani esa, diniy islohotda yoki amru ma’rufda, yoki nahiy-
munkarda, yoki nasihat qilishda, yoki biror maslahatga ishora etishda, yoki ta’lim 
berishda, yoki va’z aytishda, yoki zikrlarda, yoki ikki kishining orasini isloh etishda, yoki 
o‘zidan yomonlikni daf etishda va shunga o‘xshash narsalarda bo‘ladi. Uzining 
yaxshiliklarini zikr etish bilan, voiz so‘zi qabul qilinib, aytayotgan narsasiga e’tibor 
qilinishi niyatida yoki «Mana shu aytayotgan so‘zimni boshqa kishidan topa olmaysizlar
bas, uni yodlab olinglar» qabilidagi niyat bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Bu ma’nodagi 
narsalarga misollar nasslarda (ya’ni, Qur’on va hadisda) to‘lib-toshib yotibdi. 
Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlariga o‘xshash - «Men 
yolg‘on bo‘lmagan nabiydirman», «Men odam bolalari sayyidiman», «Men birinchi yer 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
yorib chiqqan kishiman», «Men sizlardan ko‘ra Allohni biluvchi va taqvodoringizman», 
«Men Rabbim huzurida tunayman» va bunga o‘xshash so‘zlar ko‘pdir. 
Yusuf alayhissalom: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo‘ygin. Chunki men 
(ularni) to‘la-to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf qilishni) biladigan 
kishiman», dedilar (Yusuf surasi, 55-oyat). 
Shuayb alayhissalom: «Inshaalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni 
ko‘rursan», dedilar (Qasos surasi, 27-oyat). 
696/1. Imom Buxoriy «Sahih»larida qilgan rivoyatlarida shunday keltiriladi. Usmon (r.a.) 
qamal qilinganlarida, «Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
qiyinchilikda askarlarni ta’minlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, ularni 
ta’minladim. Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ruvma» 
qudug‘ini kavlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, quduqni kavladim», deb 
o‘zlarini maqtovga loyiq fazilatlarini zikr qilganlaridan keyin aytgan narsalarini qavm 
tasdiqlashdi. 
697/2. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli bu zot ustidan Umar ibn 
Xattobga (r.a.) namozni chiroyli o‘qib bermaydi, deb shikoyat qilishganida, Sa’d ibn Abu 
Vaqqos: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot qilib, 
Allohning yo‘lida arablar ichida birinchi nayza otgan kishiman...», deb hadisning 
qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
698/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Donni yorgan va nafslarni xalq qilgan 
Zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning menga «Kimki meni yaxshi 
ko‘rsa, mo‘mindir, meni yomon ko‘rsa, munofiqdir», degan ahdlari bordir», deganlar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
699/4. Abu Voildan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ibn Mas’ud (r.a.) bizga quyidagicha xutba 
aytdilar: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘izlaridan 
yetmishtadan ko‘proq sura o‘rgandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari 
yaxshilari bo‘lmasam-da, Allohning kitobini biluvchirog‘lari ekanimni bilishadi. Agar 
mendan ko‘ra biluvchiroq kishini ko‘rsam, uning oldiga yetib borardim». Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
700/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Urmalab kelgan tuya haqida 
so‘ralganida...», hadisni davom ettirib, «... bilimdonga yo‘liqding», deb hadisning oxirini 
zikr qildilar. Muslim rivoyatlari. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling