Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Erning xotini qarindoshlari bilan muomala odobi bayonida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 234-bob Tug‘ayotgan paytda va to‘lg‘oq tutayotganda aytiladigan duolar
233-bob Erning xotini qarindoshlari bilan muomala odobi bayonida Bilingki, er kishi xotinining qarindoshlaridan birortasiga xotinlari bilan jimo’ qilish yoki o‘pish yo quchoqlash yoxud bulardan boshqa holatlarda foydalaniladigan lafzlar ila xitob qilmasligi mahbub amaldir. 713/1. Ali (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Men ko‘p maziy ko‘ruvchi kishi edim. Qizlari mening ko‘l ostimda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda so‘rashga uyalib, Miqdodga (r.a) u zotdan so‘rashni buyurdim. Bas, u bu haqda so‘radi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 234-bob Tug‘ayotgan paytda va to‘lg‘oq tutayotganda aytiladigan duolar 714/1. Fotimadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamizning tugishlari yaqinlashganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Salama va Zaynab binti Jahshlarga (r.a.) Fotimaning (r.a.) huzurlarida «Oyatal kursi»ni va A’rof surasining 54-oyatini oxirigacha hamda ikkita «Qul a’uvzuni» o‘qishni buyurdilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 195 235-bob Tug‘ilgan bolaning qulog‘iga azon aytish haqida 715/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Fotima (r.a.) tuqqan paytlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (nevaralari) Husayn ibn Alining qulogiga namozdagi azonni aytdilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Ulamolar: «Bolaning o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytish mahbub amaldir», deganlar. 716/2. Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror bola tugilganida o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytilsa, jodugar zarar bera olmaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 236-bob Yosh bolaning tanglayini ko‘tarayotganda aytiladigan duo 717/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yosh go‘dak olib kelinsa, unga duo qilib, tanglayiga xurmo qo‘yib qo‘yardilar. Abu Dovud rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda «Ularga baraka tilab duo qilardilar», deyilgan. 718/2. Asmo binti Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Zubayrga Makkada homilador bo‘lib, Madinaga kelgach, Quboga tushib, o‘sha yerda tugdim. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot tizzalariga qo‘yib, xurmo olib kelishni buyurdilar. Bas, uni chaynab, ogziga tuflab qo‘ydilar. Bolaning qorniga birinchi kirgan narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak tupuklari bo‘ldi. So‘ngra u zot xurmoni tanglayi tagiga ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 719/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men o‘g‘il ko‘rganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot unga Ibrohim deb ism ko‘yib, tanglayiga xurmo ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ammo Muslimning rivoyatlarida «... unga baraka tilab duo qildilar», degan lafz yo‘q. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling