Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Nikoh bitimi tuzilgandan keyin eru-xotinga aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
228-bob Nikoh bitimi tuzilgandan keyin eru-xotinga aytiladigan zikrlar «Barokallohu laka» yoki «Barokallohu alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin» yoki «Oralaringizni yaxshilikda jamlasin»), deb aytish sunnat amaldir. Ikki juftning har biriga «Barokallohu likulli vahidim minkuma fiy sohibihi va jama’a baynakuma fiy xoyrin» (ma’nosi: «Alloh juftingni barakali qilib, oralaringizda yaxshilikni jamlasin»), deb aytmoq mustahab amaldir. 705/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Abdurahmon ibn Avf (r.a.) uylanganlari xabarini berishgan paytda Rasululloh sollallohu Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 193 alayhi vasallam: «Barokallohu laka» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin»), deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 706/2. Sahih rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Jobir (r.a.) uylanganliklari xabarini berishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Barokallohu alayka» (ma’nosi: «Alloh senda baraka qilsin»), deb aytdilar. 707/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror kishi uylansa, «Barokallohu laka va boraka ‘alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Alloh senga baraka berib, senda baraka qilsin. Va oralaringizni yaxshilikda jamlasin».) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 229-bob Kelin tushirdi kechasida xotini kirgan paytda erining aytadigan zikrlari Ayoliga ilk bor yo‘likqanda, uning peshonasiga qo‘lni qo‘yib, «Barokallohu likulli vahidim minna fiy sohibihi» (ma’nosi: «Alloh har birimizni o‘z juftiga barakali qilsin»), deb aytmog‘i mahbub amaldir. Va bu bilan birga quyidagi hadisdagi duoni ham qo‘shib aytadi: 708/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz biror xotinga uylanadigan bo‘lsa yoki biror xizmatkor sotib oladigan bo‘lsa, «Allohumma inniy as aluka xoyraha va xoyra ma jabaltaha ‘alayhi. Va a’uzu bika min sharriha va sharri ma jabaltaha ‘alayhi», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan uning yaxshisini va unga xalq qilgan narsangning yaxshisini so‘rayman. Va uning yomonidan va unga xalq qilgan narsangning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».) Agar tuya sotib olsa, o‘rkachi cho‘qqisidan ushlasin-da, ana shu yuqoridagi duoni o‘qisin. Abu Dovud, Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyati. Boshqa bir rivoyatda «So‘ngra xotini va xizmatkori peshonasidan ushlab, ularga baraka tilab duo qilsin», deb aytilgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling