Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Mevaning birinchi hosilini ko‘rganda aytiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
284-bob Mevaning birinchi hosilini ko‘rganda aytiladigan duolar 814/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kishilar birinchi mevani ko‘rsalar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib kelishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni olib, «Allohumma borik lana fiy samarina va borik lana fiy madinatina va borik lana fiy so’ina va borik lana fiy muddina», deb aytib, so‘ngra eng kichik bolani chaqirib, o‘sha mevani unga berar edilar. (Ma’nosi: «Allohim, mevalarimizga baraka ber. Shahrimizga baraka ber. So’ va mudda o‘lchovlarimizga baraka ato qil».) Imom Muslim rivoyatlari. Muslimning boshqa rivoyatlarida keltirilishicha, «Baraka ma’a baraka», («Baraka ustiga baraka ber»), deb hozir bo‘lgan eng kichik bolaga u mevani berardilar. Termiziyning rivoyatlarida esa ko‘ringan eng kichik bolaga berardilar, deyilgan. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi hosil olib kelinsa, uni ko‘zlariga, so‘ngra ikki lablariga ko‘yib, «Allohumma kama aroytana avvalahu faarina oxirahu», («Allohim, avvalini ko‘rsatganingdek oxirini ham ko‘rsatgin»), deb aytib, so‘ng huzurlarida bo‘lgan go‘dakka berib yuborar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 217 285-bob Va’z va ilmda iqtisod qilishning mahbubligi haqida Bilingki, jamoatga va’z qilayotgan yoki ularga ilm berayotgan kishi ana shu narsalarni malol keltiradigan darajada uzun qilmasdan, uning halovati hamda ulug‘ligi qalblardan ketib qolib malol ko‘rilmasligi uchun hamda ilm va yaxshi narsalarni tinglashni karih ko‘rib xatarga yo‘liqmasliklari uchun iqtisod qilmokdari mahbub amaldir. 815/1. Shaqiq ibn Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Mas’ud (r.a.) har payshanba kuni va’z qilib berardilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon (ibn Mas’ud), bizga har kuni va’z qilib berishingizni istardim», dedi. Ibn Mas’ud: «Sizlarga malol kelishini karih ko‘rmog‘im meni har kuni va’z qilishdan qaytaradi. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga malol kelishidan ko‘rqib va’z havola qilganlaridek, men ham sizlarga shunday va’z taqdim etaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 816/2. Ammor ibn Yosirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining namozini uzun qilib, xutbasini qisqa qilishi faqihligiga dalolat qiluvchi alomatdir. Bas, shunday ekan, namozlaringizni uzun qilib, xutbalarni qisqa qilinglar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. Ibn Shihob Zuhriy: «Agar majlis uzayib ketsa, unda shaytonning nasibasi bordir», dedilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling