Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


ko‘p gumonlardan chetlaninglar»


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

ko‘p gumonlardan chetlaninglar», deb aytgan (Hujurot surasi, 12-oyat). 
5. Hikoya qilib bergan narsasi sizni josuslik qilishga va uni axtarib haqiqatlashga 
majbur qilmasin. Alloh taolo: «Josuslik qilib yurmanglar», deb aytgan (Hujurot 
surasi, 
12-oyat). 
6. Chaqimchini qaytargan narsasida o‘zi rozi bo‘lmasligi va chaqimchiligini hikoya 
qilmasligi lozim. 
Umar ibn Abdulazizga bir odam boshqa bir kishi haqida zikr qilganida, bu zot: «Agar 
xohlasang, sening ishingni ko‘rib chiqamiz. Bordiyu yolg‘on gapirayotgan bo‘lsang, 
quyidagi oyat ahlidansan: «Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, 
aniqlab-tekshirib ko‘ringlar» (Hujurot surasi, 6-oyat). Agar sen rostgo‘y bo‘lsang, 
mana bu oyat ahlidansan: «G’iybatchi-yu, gap tashuvchiga itoat etmang» (Qalam 
surasi, 11-oyat). Agar xohlasang, seni avf qilamiz», deganlarida, u kishi: «Ey mo‘minlar 
amiri, bu ishni endi zinhor qilmayman», dedi. 
Bir kishi Sohib ibn Abbodga bir maktub olib bordi, unda yetimning molini ega bo‘lib 
olishga rag‘batlantirish bor edi. U juda katta miqdordagi mol-mulk edi. Bu zot 
maktubning orqasiga quyidagi so‘zlarni bitib qaytarib berdilar: «Ulganni Alloh rahmat 
qilsin. Yetimga Alloh yordam bersin. Molini Alloh serhosil qilsin. Xat tashuvchini Alloh 
la’natlasin!» 
322-bob Zarar yetishidan xavf tug‘ilmasa, boshliqlarga so‘z tashimoqdan man 
etish bobi 
908/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sahobalarimdan birortasi boshqasi haqida biror narsa yetkazmasin. Chunki men 
sizlarning oldingizga qalbim sog‘lom holda chiqmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Abu 
Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
323-bob Shariat zohirida sobit bo‘lgan nasabni haqoratlashdan qaytarish 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling