Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan)


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) 
ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollarga (masxara qilib kulmasinlar) -
ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. 
Uzlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga 
laqablar tashlamanglar (ya’ni, ayrimlaringiz ayrimlaringizga yomon laqablar 
qo‘yib olmanglar)», deb aytgan. Boshqa bir oyatda esa: «Barcha (kishilarga 
dilozarlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga 
halokat bo‘lgay», deb aytgan (Humaza surasi, 1-oyat). 
912/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
«Bir-birlaringizga hasad qilmanglar va savdoda soxtalik bilan kelishib narxlarni 
oshirmanglar. Bir-birlaringizga gazab qilmanglar hamda orqa o‘girib munosabatlarni 
bo‘lmanglar. Va ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga savdo qilmasin. Allohning 
bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham 
qilmaydi, xo‘rlamaydi ham, past ham sanamaydi. Taqvo bu yerda», deb, uch bora 
qalblariga ishora qildilar. «Musulmon birodarini past sanagan kishi yomon ekanligiga 
dalolat qiladi. Har bir musulmonning boshqa musulmonga qoni, moli va obro‘sini 
(suiiste’mol) qilishi haromdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Imom Navaviy: «Tadabbur qilgan kishiga bundan-da foydasi ko‘p, manfaati ulug va 
yaxshiroq hadis bo‘lmasa kerak», dedilar 
913/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Qalbida zarra miqdoricha kibri bor kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: 
«Ey Rasululloh, kishi chiroyli kiyim va chiroyli poyabzal kiyadi (bu ham kibr bo‘ladimi?)» 
deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh chiroylidir. Chiroylini 
yaxshi ko‘radi. Kibr esa haqni buzish va kishilarga nast nazar bilan qarash», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling