Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Pshlatish makruh bo‘lgan lafzlar to‘g‘risida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
331-bob Pshlatish makruh bo‘lgan lafzlar to‘g‘risida 
934/1. Sahl ibn Hunayf Oishadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Sizlardan biringiz ko‘nglim ayniyapti, degan so‘zni (arabchada) «xabusa» 
lafzi ila emas, balki «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
935/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan 
biringiz «ko‘nglim buzilyapti» so‘zini (arabchada) «joshat» lafzi ila emas, «laqisat» lafzi 
ila aytsin», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. 
(Xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim ayniyapti», deb 
aytganga o‘xshash... - tarj.) 
«Laqisat», «joshat», «xabusat»larning ma’nosi bir: «ko‘ngli aynishi»ni anglatadi. Ammo 
«joshat» bilan «xabusat» deb aytish xunuk bo‘lgani uchun bu lafzlarni ishlatish karih 
ko‘rilgan. 
936/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb aytadilar. «Al-Karmu» esa mo‘minning qalbidir», 
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Muslimning rivoyatlarida «Uzumni «al-Karmu» lafzi ila ismlamanglar. Chunki al-Karmu 
musulmondir», deyilgan. 
Boshqa rivoyatda «Al-Karmu - mo‘minning qalbi», deyilgan. 
937/4. Voil ibn Hijrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«(Uzumni) al-Karmu lafzi ila aytmanglar. Lekin al-Inab val-Habala lafzi ila aytinglar», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Bu hadisdan maqsad uzumni «Al-Karmu», deb ismlashdan qaytarish. Johiliyatda uzum 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
«Al-Karmu» deb nomlanar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bunday ismlashdan qaytarganlar. 
Imom Xitobiy va boshqa ulamolarning aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam uzumni chiroyli ism bilan chaqirishni xohlardilar. Uning mevasidan mast 
qiluvchi sharobni tayyorlovchilar uzumning ismini salbiy aytishar edi. 
938/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar kishi insonlar halok bo‘ldi, desa, bas, o‘sha aytgan kishi o‘zi halok bo‘luvchidir», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Humaydiy: «Odamlarni past va haqir sanab o‘zini fazilatli qilib ko‘rsatish maqsadida 
bo‘lsa, bunday deyishi joiz emas. Chunki u Allohning xalq qilgandagi sirlarini bilmaydi», 
dedilar. 
Xitobiy aytdilar: «Insonlarning yomonliklarini zikr qilib, ayblab, «Ular fasod bo‘lib, 
halokatga uchrashdi», desa, o‘zi halok bo‘luvchidir. Ya’ni, ularni ayblash bilan o‘zi eng 
yomon holatdadir. Ko‘pincha, o‘z nafsiga ajablanishi va o‘zining fazilatli ekanini his qilib, 
o‘zini yaxshiman, deyishi insonni halokatga eltadi». 
939/6. Qa’nabiy Molikdan, u esa Sahl ibn Abu Solihdan, u otasidan, otasi Abu 
Hurayradan qilgan rivoyatida ham xuddi yuqoridagi hadisni zikr qildilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
Molik: «Agar ana shu so‘zni kishilarning dindagi sustkashliklarini ko‘rib aytsa, zarari 
yo‘q. Lekin o‘z nafsiga ajablanib, kishilarga past nazar bilan qarab aytsa, unda man 
qilinganlar qatorida bo‘lib qoladi», dedilar. 
Imom Navaviyning fikrlaricha ham, mana shu so‘z sahihdir. Xususan, Imom Molikdan 
(r.a.) bo‘lgani diqqatga sazovordir. 
940/7. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh 
xohlasa va falonchi xohlasa, deb aytmanglar. Lekin Alloh xohlasa, so‘ngra falonchi 
xohlasa, deb aytaveringlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat 
qilganlar. 
Xitobiy va boshqalar aytishgan: «Bu hadisda odobga chaqiruvchi irshod bor. Chunki 
«va» so‘zi «birga», «sherik bo‘lish» ma’nosini anglatadi. «So‘ngra» so‘zi esa tartib va 
zaiflikni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisda Alloh xohishini 
boshqalarning xohishidan oldin keltiryaptilar». 
Ibrohim Naha’iy «A’uvzu billahi va bika», ya’ni «Alloh ismi va sening isming bilan panoh 
tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rardilar. Balki «A’uvzu billahi summa bika», deb 
aytmoqlik joizdir. Ya’ni, Allohning ismi bilan, so‘ngra sening isming bilan, deganidir. 
Va yana: «Agar Alloh qilmaganida, so‘ngra falonchi qilmaganida, bunday qilardim», deb 
aytiladi. Ammo «Alloh qilmaganida va falonchi qilmaganida, bunday qilmasdim», deb 
hargiz aytma. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling