Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Qabih so‘zni gapirib qo‘yganda aytish va qilish lozim bo‘lgan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
335-bob Qabih so‘zni gapirib qo‘yganda aytish va qilish lozim bo‘lgan zikrlar
Alloh taolo: «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa), u holda Alloxdan panoh so‘rang» (Fussilat surasi, 36-oyat), «Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat), «(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini so‘raydigan - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur -bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan magfirat va taglarida daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qiluvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!» (Oli Imron surasi, 135-136-oyatlar), deb aytgan. 990/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Lot va Uzzo (butlari) nomini aytib qasam ichsa, «La ilaha illalloh» («Allohdan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 273 o‘zga iloh yo‘q»), deb aytsin. Kimki: «Kel, bir qimor o‘ynaylik», desa sadaqa qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bilingki, kimki harom amal qilsa yoki gapirsa, tavbaga shoshmoqligi shart bo‘ladi. Bu tavbaning uch rukni bor: o‘sha holatdayoq gunohdan to‘xtamoq. Qilgan narsasiga pushaymon qilmoq. Unga aslo qaytmayman, deb qasd qilmoq. Agar ana shu gunoh insonning haqqi bo‘lsa, uchta shartga qo‘shib, to‘rtinchi shartni ham bajaradi. Ya’ni, u nohaqlikni egasiga qaytaradi yoki undan kechirim so‘raydi. Biz buni yuqorida aytib o‘tdik. Agar tavba qiladigan bo‘lsa, barcha gunohlariga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar o‘sha gunohining o‘ziga tavba qilish bilan kifoyalansa, tavbasi durust bo‘laveradi. Agar yuqorida aytganimizdek, gunohiga sahih tavba qilsa-da, so‘ngra ikkinchi marta yana qilib qo‘ysa, o‘sha gunohiga ham tavba qilishi shart bo‘ladi. Lekin avvalgi gunohiga qilgan tavbasi botil bo‘lmaydi. Mana shu ahli sunnaning fikri bo‘lib, mo‘‘tazila bilan xilof qilgan ikki masalaning bittasidir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling