Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-bob. Tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn». Imom Molik, Bayhaqiy va boshqalar rivoyati 139/7.Molik Nofe’dan, u kishi ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qiladilar: «Ibn Umar (r.a.) tashahhudni quyidagicha aytar edilar: «Bismillah, attahiyyatu lillah, assolavatu lillah, azzakiyatu lillah, assalamu ‘alan nabiyyi va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Shahidtu alla ilaha illallohu. Shahidtu anna Muhammadar rosululloh». Imom Molik va Bayhaqiy rivoyatlari Mana shu zikr qilganlarimiz turli tashahhud duolari bo’lib, avvalgi uchtasi, ya’ni Ibn Mas’ud, Ibn Abbos, Abu Musolardan (roziyallohu anhum) qilingan rivoyatlar Rasulullohdan sobit bo’lgandir. (Bizning mazhabimiz, ya’ni Imom A’zam (rahmatullohi alayh) mazhablarida Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan birinchi hadis ixtiyor qilingan. – Tarjimon.) 140/8. Tashahhudni maxfiy o’qish sunnat amaldir. Bunga Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.): «Tashahhudni maxfiy qilish sunnatdir», deb aytgan gaplari dalil bo’ladi. Abu Dovud, Termiziy, Bayhaqiy rivoyatlari 45-bob. Tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish Namoz oxirida tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish Shofe’iy mazhablarida vojibdir. Kim uni tark etsa, namozi namoz emas. Nabiyning ahliga salovot aytish vojib emas, balki mustahabdir. Ammo vojib deganlar ham yo’q emas. (Imomi A’zam mazhablarida namoz tashahhud miqdorida o’tirish bilan tugallanadi. Tashahhuddan keyin ushbu salovotni aytish esa, sunnatdir.--Tarjimon.) «Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va rahmatda qilganing kabi, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan. Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini barakotli qilganingdek, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham barakotli qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan.) Tashahhuddan keyin mana bu salovotni o’qish afzaldir: «Allohumma solli ‘ala Muhammadin ‘abdika va rosulikan nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma va borik ‘ala Muhammadin nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma fil ‘alamiyna innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim quling, rasuling, omi nabiyying Muhammad alayhissalomni, ayollari va zurriyotlarini rahmat va yaxshilikda qil, xuddi Ibrohim alayhissalomni va oilalarini rahmat va yaxshilikda qilganingdek. Omi nabiy Muhammad alayhissalomni, u zotning ayollari va zurriyotlarini barakotli qil, xuddi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling