Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
edilar. Kech kirganida esa:
«Allohumma bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur» (Allohim, 
Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila vafot 
etamiz. Va Senga qaytajakmiz), deb aytar edilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Mojalar 
rivoyati 
174/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
safarda bo’lsalar, erta tongda:
«Samma’a sami’un bihamdillahi va husni balaihi ‘alayna robbana sohibna va afzil ‘alayna 
‘aizan billahi minan nar», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Eshitguvchi Allohga hamd 
aytganimizni va bizga chiroyli sinovlar berganini eshittirdi. Ey Rabbimiz, bizni do’st ayla. 
O’zingning noming ila do’zaxdan panoh tilashni bizga eng afzal amal qil.) Muslim 
rivoyatlari 
175/6. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam kech kirsa:
«Amsayna va amsal mulku lillah, valhamdu lillahi la ilaha illallohu vahdahu la shariyka 
lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. Robbi as`aluka xoyro 
ma fiy hazihil laylati va xoyro ma ba’daha va a’uzu bika min sharri ma fiy hazihil laylati 
va sharri ma ba’daha, robbi a’uzu bika minal kasali valharomi va su`ul kibar. A’uzu bika 
min ‘azabin fin nari va ‘azabin fil qobr», deb aytar edilar. Agar tong otsa: «Asbahna va 
asbahal mulku lillah», deb, qolganini o’shanday davom ettirardilar. (Ma’nosi: Biz ham, 
butun mulk ham Allohniki bo’lgan holda kech kirgizdi. Allohga hamd bo’lsin. Allohdan 
boshqa iloh yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Unikidir. Maqtov ham Unga 
xosdir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sendan bu kechaning yaxshiliklarini va 
undan keyingi yaxshiliklarni so’rayman. Bu kechaning yomonligidan va undan keyingi 
kechaning yomonligidan Sendan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sening noming ila 
dangasalikdan, juda qarib ketishdan va yomon kibrlikdan panoh tilayman. Yana do’zax 
va qabr azobidan ham panoh tilayman.) Muslim rivoyatlari 
176/7. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga 
bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. Shunda Nabiy 
sollallohu alayhi vasallam: «Kech kirganida:
«A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, senga hech narsa zarar 
bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning 
yomonligidan panoh tilayman.) Muslim rivoyatlari 
177/8. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh, menga biror kalimani o’rgating, uni tong 
otganida va kech kirganda aytib yuray», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam:
«Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal g’oybi vash shahadati robba kulli shay`in 
va maliykah, ashhadu alla ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish 
shaytoni va shirkihi», deb tong otganida, kech kirganida va to’shagingizga yotganingizda 
aytib yuring», dedilar. (Ma’nosi: Ey yeru osmonni bor qilgan Allohim, ey g’oibni va 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling