Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
«Allohummag’firliy zunubiy va xotoyaya kullaha. Allohumman’ishniy vajburniy vahdiniy 
lisolihil a’mali val axlaq, innahu la yahdiy lisolihiha va la yasrifu sayyiaha illa anta», deb 
aytayotganlarini eshitar edim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimning hammasini kechir. 
Ey Rabbim, meni ishlarimda faol qil, isloh et va xulq, amallarning yaxshisiga hidoyat qil. 
Sendan o’zgasi ishlarning yaxshisiga hidoyat qilib, yomonidan burolmaydi.) Ibn Sunniy 
rivoyatlari 
162/15. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozni tugatsalar (salom berishdan oldin yoki keyin – aniq bilmayman):
«Subhana robbika robbil ‘izzati ‘amma yasifun va salamun ‘alal mursaliyn valhamdu 
lillahi robbil ‘alamiyn», deb aytar edilar» (Ma’nosi: Izzat egasi bo’lgan Parvardigoringiz 
ular sifatlayotgan narsadan pokdir. Barcha payg’ambarlarga salom bo’lsin, olamlarning 
Rabbiga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
162-b/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozdan forig’ bo’lsalar: 
«Allohummaj’al xoyra ‘umuriy axirohu va xoyro ‘amaliy xovatimahu vaj’al xoyro 
ayyamiy yavma alqoka», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Alohim, umrimning yaxshisini 
oxiri, amalimning yaxshisini xotimasi va kunlarimning yaxshisini Senga yo’liqadigan kun 
qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
163/17. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namoz so’ngida: 
«Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri va ‘azabil qobr», deb aytar edilar. 
(Ma’nosi: Allohim, kufrdan, kambag’allikdan va qabr azobidan Sendan panoh tilayman.) 
Ibn Sunniy rivoyatlari 
164/18. Fazola ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan biringiz namoz o’qisa, Allohga hamd va sano aytish bilan 
boshlasin. Keyin Rasulullohga salovot aytib, so’ngra xohlaganicha, duo qilsin», dedilar. 
Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling