Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Uyquda qo’rqqanda aytiladigan duo
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 65-bob. Tushida yaxshi yoki yoqtirmagan narsani ko’rganda aytiladigan zikrlar
64-bob. Uyquda qo’rqqanda aytiladigan duo 259/1. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqusida qo’rqqanlarga: «A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatganlar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarining yomonligidan, shayton hozir bo’lib, vasvasa qilishidan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Sunniylar rivoyatlari Abdulloh ibn Amr shu duoni aqli kirgan bolalariga o’rgatar edi. Agar aqli kirmagan bo’lsa, uni yozib bo’yniga osib qo’yardi. 65-bob. Tushida yaxshi yoki yoqtirmagan narsani ko’rganda aytiladigan zikrlar 260/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birontangiz tushida yaxshi narsa ko’rsa, u tushi Alloh tomonidandir. Buning uchun Unga hamd aytsin va uni odamlarga so’ylayversin. (Ba’zi rivoyatlarda: «faqat yaxshi ko’rgan kishisiga so’ylasin», deyilgan.) Agar yomon tush ko’rsa, u shaytondandir. Uning yomonligidan panoh so’rasin va uni hech kimga so’ylamasin. Shunday qilsa, unga zarar bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 261/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshi tush (boshqa rivoyatda: «solih tush») Alloh tomonidandir. Alg’ov tush esa, shaytondandir. Kim yoqtirmagan narsasini ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin. Ana shundoq qilsa, unga zarar bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 70 262/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birontangiz yomon tush ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan Allohning nomi ila uch marta panoh tilasin. So’ng boshqa tomonga ag’darilib olsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 263/4. Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ holatda rivoyat qilingan hadisda u kishi aytganlar: «Agar birontangiz yomon tush ko’rsa, hech kimga gapirmasin va turib namoz o’qisin». Imom Termiziy rivoyatlari 264/5. Ibn Sunniyning rivoyatlarida Abu Hurayra (r.a.) bunday deganlar: «Agar birortangiz o’zi yoqtirmagan tush ko’rsa, uch marta tuflab: «Inniy a’uzu bika min ‘amalish shaytoni va sayyiatil ahlami», desa, unga hech narsa bo’lmaydi». (Ma’nosi: Men shaytonning amalidan va bulg’angan tushdan Sening isming ila panoh tilayman.) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling