Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Albatta, Alloh va Uning farishtalari payg’ambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar!»
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uni hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari Fasl: Xurosonlik do’stlar aytishdi: «Kimki, hamma hamdni o’z ichiga olgan hamd bilan Allohga hamd aytaman desa, «Alhamdu lillahi hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafiu maziydahu», deb aytishi bilan qasamini bajargan bo’ladi». (Ma’nosi: Ne’matlarini hosil qilgan va ziyodaligini mukofot qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Kimki maqtovlarning eng chiroylisi bilan Allohni maqtayman, deb qasam ichsa, «La uxsiy sanaan ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsika» deb aytishi bilan qasamini bajargan bo’ladi. (Ma’nosi avval kelgan.) Ba’zilar: « Falakalhamdu hatto tarzo» (Rozi bo’lguningcha Senga hamd bo’lsin), deyilgan gapni ziyoda qilishgan. Abu Nasr Tammor Muhammad ibn Nazrdan (r.a.) rivoyat qilib keltirishlaricha, Odam alayhissalom: «Ey rabbim, kasbi korim meni mashg’ul qilib qo’ydi. Menga bir narsa o’rgatginki ana shu hamma hamd va tasbihlarni o’z ichiga olsin», dedilar. Shunda Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Ey Odam agar tong ottirsang uch marta va kech kirgizsang uch marta «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyna hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafi’u maziydahu» deb ayt, hamd va tasbihlarni hammasini o’z ichiga olgandir», deb aytdi. (Ma’nosi yuqorida kelgan.) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 87 RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVOT AYTISH KITOBI Alloh taolo Ahzob surasining 56-oyatida: «Albatta, Alloh va Uning farishtalari payg’ambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar!» deydi. 72-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish 291/1. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 292/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 293/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni menga eng yaqin bo’ladigan kishilar menga ko’p salovot aytadiganlardir», dedilar. Termiziy rivoyatlari 294/4. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kunlaringizning eng yaxshisi juma kunidir. Ana shu kunda menga salovotni ko’paytiringlar. Chunki menga shu kuni salovotlaringiz ko’rsatiladi», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, sizning suyaklaringiz chirib ketsa, qanday qilib ko’rsatiladi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo payg’ambarlarning jasadlarini yeyishni yerga harom qildi», dedilar. Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar rivoyati 295/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qabrimni bayram o’tkaziladigan joy qilib olmanglar. Balki menga salovot aytinglar. Qaerda bo’lsanglar ham, menga salovotlaringiz yetib keladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 296/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror kishi menga salom aytsa, Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi. Men salom aytgan kishiga alik olaman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling