Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
13 14/14. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bitta a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz – sadaqa, har bir tahmidingiz – sadaqa, har bir tahlilingiz – sadaqa, har bir takbiringiz – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz – sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz – sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rak’at zuho namozi o’qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 15/15. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi?» dedilar. Men: «Ha, ayting, ey Rasululloh», dedim. Shunda Rasululloh: «La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat xazinalaridandir», dedilar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 16/16. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Rasululloh alayhissalom bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda) toshlar bor edi. Ayol ana shularni sanab, tasbih aytardi. Rasululloh unga: «Bundan yengilroq va afzalroq narsani aytaymi? «Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va subhanallohi ‘adada ma bayna zalika va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Osmonda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha Allohni poklayman va U yaratadigan narsalari adadicha Allohni poklayman.) «Allohu akbar», «alhamdu lillah», «la ilaha illalloh», «la havla va la quvvata illa billah» kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari 17/17. Yusayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takbir, tahlil, taqdisga rioya qilgan holda aytib yurishga buyurib, barmoq bilan ado etishni tavsiya etar edilar. Chunki barmoqlar so’ralib nutq qildiriladi». Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari 18/18. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Rasulullohning o’ng qo’llari bilan sanab tasbih aytayotganlarini ko’rdim», deydilar. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari 19/19. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «Roziytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosula», desa, unga jannat vojib bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohni rabbim deb, Islomni dinim deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi bo’ldim.) Abu Dovud rivoyat qilganlar 20/20. Abdulloh ibn Busr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom shari’ati menga ko’payib ketdi. Menga bir narsa o’rgatingki, ana shuni mahkam ushlay», |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling