Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Doimo tiling Allohning zikri bilan nam bo’lib yursin», dedilar». Termiziy rivoyatlari 21/21. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qiyomat kuni Allohning huzurida darajasi ulug’ ibodat qaysi?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Allohni ko’p zikr qiluvchilar», deb aytdilar. Shunda men: «Allohning yo’lida g’azot qiluvchidan ham afzalmi?» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qilichi bilan kofir va mushriklarni urib, qilichi sinib, qonga belanib ketsa ham, Allohni zikr qiluvchining darajasi undan afzaldir», dedilar». Termiziy rivoyatlari 22/22. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz huzurida amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan afzalroq bo’lgan va dushmaningizga yo’liqib, uning bo’yniga qilich urishdan ham yaxshi narsani aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh: «Allohni zikr qilish», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari Hokim «Mustadrak» nomli kitoblarida bu hadisning isnodini sahih deganlar. 23/23. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo’liqdim. U zot: «Ey Muhammad, ummatingizga mendan salom ayting va jannatning tuprog’i pok, suvi shirin va o’zi tekis, o’simligi «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» ekanini ularga xabar bering», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari 24/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki: «Subhanallohi va bihamdihi», desa, u kishi uchun jannatda bir xurmo ekiladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari 25/25. Abu Zarr (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Kalomlarning qaysi biri Alloh taologa mahbubroq?» deb so’radilar. U zot: «Alloh farishtalariga ixtiyor qilgan «Subhana robbi va bihamdihi, subhana robbi va bihamdihi» jumlasini aytish», dedilar». Termiziy rivoyatlari * * * Kitobning asosiy mag’zini voqe’likdagi tartibga muvofiq zikr qildim, ya’ni, avval inson ertalab uyqudan turganida o’qilishi lozim duo-zikrlarni, so’ng kiyinib, uydan chiqayotganida o’qiladiganlarini, keyin esa, masjidga borayotib aytiladigan zikrlar va hokazolarni kunlik tartibiga mos ravishda keltirdim. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling