3-bob. Kiyim kiyishda o’qiladigan duolar
Kiyim kiyishda va shu singari amallarda bismillohni aytish mustahabdir.
33/1. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ko’ylak, rido yoki salla kiysalar, bismillohni aytib, so’ng:
«Allohumma inniy as`aluka min xoyrihi va xoyri ma huva lahu va a’uzu bika min sharrihi
va sharri ma huva lahu», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini
va unga beriladigan narsaning yaxshisini so’rayman. Va uning yomonidan hamda unga
beriladigan narsaning yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
34/2. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim biror kiyim kiyib,
«Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min g’oyri havlin minniy va la
quvvah», desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar. (Ma’nosi:
O’zgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan
Allohga hamd bo’lsin). Ibn Sunniy rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |