12-bob. Hojatxonada so’zlashish va zikr qilishni man’ etish
Xoh yalanglik-sahroda bo’lsin, xoh pana joyda, hojat chiqarayotib so’zlashish va zikr
qilish makruhdir. Faqat zarurat yuzasidan ruxsat berilgan. Ba’zi birodarlarimizning
fikricha, aksa ursa, hamd aytilmaydi, aksa urib, hamd aytganga javob berilmaydi,
salomga alik olinmaydi, muazzinga ijobat qilinmaydi. Chunki bu holatida musulmon kishi
javobga mustahiq emas. Javob berishi makruh hisoblanadi. Ammo harom emas. Lekin
aksa urganida tilini qimirlatmasdan, qalbi bilan hamd aytsa, zarari yo’q. Shuningdek,
jimo’ paytida ham aytish bezarardir.
58/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl
qilayotganlarida bir kishi u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning
salomiga alik olmadilar». Imom Muslim rivoyatlari
59/2. Muhojir ibn Qunfuz (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga borsam, u zot bavl qilayotgan ekanlar. Salom berdim, u zot tahorat
qilib bo’lgunlaricha javob bermadilar. So’ng menga uzr aytib: «Allohni nopok yoki
tahoratsiz holda zikr qilishni xushlamadim», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar
sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |