Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 hamd aytish bilan Seni poklayman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.) 62/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilib bo’lib: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu», desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan kiraveradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Termiziy «Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn» kalimasini ziyoda qilganlar. 63/3. Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilganidan keyin, gapirishdan oldin: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh», desa, ikki tahorat orasidagi gunohlari kechiriladi», dedilar. Bu hadisni Dora Qutniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 64/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahoratini chiroyli qilib, so’ng uch marta: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh», desa, u uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlagan eshigidan kirib ketaveradi» dedilar. Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja, Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 65/5. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qilgan hadisda: «La ilaha illalloh» kalimasini uch marta takrorlash aytilgan. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Ba’zi faqihlar, ushbu zikr va duolarni tahoratdan ke-yin qiblaga yuzlangan holda aytiladi, deyishadi. Fasl: Tahorat mobaynida har bir a’zo yuvilayotganda o’qiladigan duolar bor, ammo ularning birortasi ham Rasulullohdan vorid bo’lmagan. Lekin salaf ulamolarimiz bu zikrlarni aytishni mustahab deyishgan. Tahorat qilayotgan kishi bismillohdan keyin: «Alhamdu lillahillaziy ja’alal ma-a tohuro» (Suvni pok qilgan Allohga hamd bo’lsin), deydi. Og’iz chayqayotganida: «Allohummasqiniy min havzi nabiyyika sollallohu alayhi vasallama ka’san la azmau ba’dahu abada» (Ey Rabbim, meni payg’ambarning havzidagi suv bilan sug’or, undan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling