Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
15-bob. Tahoratdan oldin o’qiladigan duo Yuqorida aytilganidek, bismillohni aytish mustahabdir. 16-bob. Tahorat qilganda o’qiladigan duolar Tahoratning avvalida «Bismillahir rohmanir rohiym», deb aytish mustahab qilingan. «Bismilloh», desa ham kifoya. Birodarlarimiz aytishadi: «Agar tahoratning avvalida bismillohni aytmasa, davomida aytaveradi. Xoh qasddan, xoh adashib aytmay qolsa ham, tahorati mukammal bo’ladi». (Muallif Imom Shofe’iy mazhabidalar. Shuning uchun bismillohni aytish mustahab deyilyapti. Bu sunnat ma’nosidadir. Bizning Imomi A’zam mazhabidan boshqa mazhablarda sunnat «mustahab» deb yuritiladi. – Tarjimon.) Bismillohni aytish haqida kelgan hamma hadislar zaifdir. Ahmad ibn Hanbal: «Tahoratda bismilloh deyish to’g’risida birorta sobit hadis bilmayman», deb aytganlar. 61/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qilayotganda Allohni zikr qilmagan kishining tahorati yo’qdir», dedilar. Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qildilar, Bayhaqiy va boshqalar ham rivoyat qilishgan va zaif deb aytishgan. Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy: «Bismillohdan keyin tahoratning boshida quyidagi duoni o’qish mustahab», deydilar: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q deb va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.) Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy tahorat qilib bo’lgandan keyin ushbu duo o’qiladi deydilar: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn. Subhanakallohumma va bihamdik. Ashhadu alla ilaha illa anta astag’firuka va atubu ilayka». (Ma’nosi: Yakka Allohdan bosh-qa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, bizlarni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qil. Ey Rabbim, Senga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling