Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 8/8. Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, Ismoil zurriyotidan to’rt kishini ozod qilgandek bo’ladi», dedilar». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q, U yolg’iz, Uning sherigi ham yo’q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 9/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb bir kunda yuz marta aytsa, o’nta qul ozod qilgan barobarida bo’libdi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o’chiriladi, kech kirgunicha shaytondan omonda bo’ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko’proq aytgan kishi o’zib ketishi mumkin», dedilar. Va yana Rasululloh: «Kim: «Subhanallohi va bihamdihi», deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 10/10. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Zikrlarning afzali «La ilaha illalloh»dir». Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 11/11. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom: «Allohni zikr qiladigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o’likning misoli kabidir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari 12/12. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Menga bir kalom o’rgating, aytib yuray», dedi. Shunda Rasululloh: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil hakiym», deb ayt», deb o’rgatdilar. (Ma’nosi: Allohdan bosh-qa iloh yo’q, U yakkayu yolg’izdir. Uning sherigi ham yo’q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo’lsin, olamlar rabbi Alloh barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo’lgan Allohdan o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’q.) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu aytganlaringiz Rabbim uchun, men uchun-chi?» deb so’radi. Rasululloh: «Allohummag’fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy» deb, ayt», dedilar». (Ma’nosi: Allohim meni mag’firat qil, menga rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir.) Imom Muslim rivoyatlari 13/13. Yana Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila oladimi?» deb so’radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi. Rasululloh: «Kim yuzta tasbih aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta xatosi o’chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling