Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
117-bob. Ta’ziya haqida 399/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim musibat yetgan kishiga ta’ziya bildirsa, uning savobidek ajrga ega bo’ladi», dedilar. Termiziy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 400/2. Abu Barza Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim farzandidan ayrilgan ayolga ta’ziya bildirsa, unga jannatda kiyim kiygiziladi», dedilar. Termiziy rivoyat qilib, isnodi kuchli emas, deb aytganlar. 401/3. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotimaga (r.a.): «Ey Fotima, uyingdan nima sabab bilan chiqding?» deb so’radilar. Fotima (r.a.): «Mana bu mayyitga rahm qilib, ta’ziya bildirish uchun chiqdim», dedilar. Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 402/4. Amr ibn Hazmdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qaysi bir mo’min birodarining musibatiga ta’ziya bildirsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni karomat kiyimini kiygizadi», dedilar. Ibn Moja va Bayhaqiy rivoyatlari Ta’ziya sabrga chaqirish, mayyit egalariga tasalli beradigan narsalarni zikr qilish va xafalik, musibatlarini yengillatish, deganidir. Bunga Alloh taoloning: «Yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam beringlar», degan so’zi va Rasulullohning: «Alloh birodarining yordamida bo’lgan bandaning yordamidadir», degan hadislari chiroyli misol bo’ladi. 403/5. Usoma ibn Zayd (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlaridan biri otasiga bir odam yuborib, nevaralari o’lim bo’sag’asida yotganini aytdi. Rasululloh kelgan kishiga: «Borib qizimga ayt, Alloh berganini oluvchidir. Har bir narsaning ajali Uning huzurida belgilab qo’yilgandir. Qizimga savob uchun sabr qilishni buyur», deb aytdilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari Mana shu hadisi sharif din usullari, furu’lari, odoblarini o’z ichiga olgan eng katta qoidalaridandir. U musibatlarga, g’am va kasalliklarga hamda boshqa qiyinchiliklarga sabr qilishni o’rgatadi. 404/6. Muoviya ibn Qurra ibn Iyos otalaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’rinmay qolgan bir sahobasini so’radilar. «Ey Rasululloh, haligi siz taniydigan bolasi vafot etdi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’sha sahobaning oldiga borib, o’g’lini so’ragan edilar, u kishi o’g’lining vafot etganini aytdi. Rasululloh u kishiga ta’ziya bildirdilar, so’ngra: «Ey falonchi, senga o’g’lingni hayotda bo’lishi yaxshimi yoki ertaga jannat eshigi tagiga sendan oldin borib, senga eshikni ochib kutib olganimi?» dedilar. Haligi sahoba: «Ey Allohning payg’ambari, mendan oldin borib, eshikni ochib kutib olgani yaxshi», deb javob qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 111 «Undoq bo’lsa, keyingisi senga», dedilar. Nasoiy rivoyatlari Imom Shofe’iy ta’ziya haqida: «Men senga ta’ziya bildiraman, ammo o’zim ham abadiy qolishga ishonmayman, buni din buyurgani uchun bajaraman. Ta’ziya aytilgan kishi ham mayyitligida boqiy qoluvchi emas. Ta’ziya aytuvchi ham uzoq muddat yashovchi emas», degan ma’noda bayt aytganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling