Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Yomg’irning zararidan qo’rqilganda o’qiladigan duolar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
142-bob. Yomg’irning zararidan qo’rqilganda o’qiladigan duolar 
 
468/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi juma kuni masjidga kirdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam tik turib xutba aytayotgan edilar. Haligi kishi: «Ey Rasululloh
mollar halok bo’lib, ko’chalar huvillab qoldi. Allohdan so’rab bering, bizga yomg’ir 
yuborsin», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo’llarini ko’tarib:  
 
«Allohumma ag’isna, Allohumma ag’isna, Allohumma ag’isna», (Ey Rabbim, yomg’ir ber, 
ey Rabbim, yomg’ir ber, ey Rabbim, yomg’ir ber), dedilar. O’shanda osmonda biror to’p 
yo tarqoq bulut yo’q edi. Bizga Sal’ tog’i shundoq ko’rinib turardi, o’rtamizda biror uy, 
hovli yo’q edi. Ana shu tog’ orqasidan qalqondek bir bulut chiqib, osmon o’rtasiga kelib 
yoyildi, so’ng yomg’ir yog’di. Allohga qasamki, (ko’p yoqqanidan) bir qancha payt 
quyosh ko’rinmay qoldi. Haligi kishi kelasi jumada yana o’sha eshikdan kirib keldi. 
Rasululloh o’shanda ham tik turib xutba aytayotgan edilar. U: «Ey Rasululloh, mollar 
halok bo’lib, ko’chalar huvillab qoldi. Allohga duo qiling, yomg’irni to’xtatsin», dedi. 
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qo’llarini ko’tarib:  
 
«Allohumma havaliyna va la ‘alayna Allohumma ‘alal akami vazzirobi va butunil avdiyati 
va manabitish shajari» (Ey Rabbim, atrofimizga yog’dir, ustimizdan yog’dirma, ey 
Rabbim, uni tepaliklarga, tog’larga, vodiylarga, daraxtzorlarga yog’dir), dedilar. Keyin 
yomg’ir to’xtadi, biz ko’chaga chiqdik va quyosh nuri ostida yurib ketdik». Imom Buxoriy 
va Imom Muslim rivoyatlari 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling