Alloh taolo Tavba surasining 103-oyatida: «(Ey Muhammad), siz ularning mollaridan bir qismini o’zlarini tozalab poklaydigan sadaqa sifatida oling va ularning haqlariga duo qiling», deb aytgan.
472/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam biror qavm sadaqa olib keladigan bo’lsa,
«Allohumma solli alayhim» (Ey Rabbim, ularga rahmatingni yubor), deb aytardilar. Abu
Avfo sadaqa bilan kelganlarida ham:
«Allohumma solli ‘ala ali Abi Avfa» (Allohim, Abu Avfo oilasiga rahmatingni yubor), deb
aytganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Imom Shofe’iy zakot oluvchi zakot beruvchiga agar xohlasa: «Ajarokallohu fiyma a’toyta
va ja’alahu laka tohuron va baroka laka fiyma abqoyta», deb aytsin, deydilar. (Ma’nosi:
Berganingizga Alloh ajr ato etsin, uni sizga poklovchi qilsin, qolganiga Alloh baraka
bersin.)
Fasl: Zakot, sadaqa, nazr, kafforat yoki shunga o’xshash narsalarni beruvchi kishi:
«Robbana taqobbal minna innaka antas samiy’ul ‘aliym», deb aytish mustahabdir.
(Ma’nosi: Ey Rabbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen eshitguvchi va bilguvchi zotsan.)