Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
133 ko’tarmaydi. Talbiya har gal uch martadan qaytariladi. Uning orasi gap bilan bo’linmaydi. Agar biror kishi salom bersa, javob qaytaradi. Lekin talbiya aytayotgan kishiga salom berish karih amaldir. Agar biror ajablanarli narsa ko’rsa: «Labbayka innal ‘aysha ‘ayshul axiroti», deb Rasulullohga iqtido qilgan holda aytadi. (Ma’nosi: Toatingdaman, haqiqiy yashash oxiratdagi yashashdir.) Ana shu talbiyani nahr kuni Aqabada tosh otguncha yoki ifoda tavofini ado etgunicha aytadi. Mana shu amallardan birortasiga kirishsa, talbiyani to’xtatib, takbir bilan mashg’ul bo’ladi. Fasl: Agar ehromdagi kishi Makkadagi haramga yetsa (Alloh uning sharafini ziyoda qilsin), quyidagi duoni o’qishi mustahabdir: «Allohumma haza haromuka va amnuka faharrimniy ‘alan nari va amminiy min ‘azabika yavma tab’asu ‘ibadaka vaj’alniy min avliyaika va ahli to’atik». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu Sening haraming va omonlik yeringdir. Do’zaxni menga harom et. Azobingdan meni omon saqla. Meni avliyolaring va toat ahli qatorida qil.) Fasl: Kim Makkaga kirgach, ko’zi Ka’baga tushsa, quyidagi duoni o’qiydi. Chunki Ka’bani ko’rganda musulmonning qilgan duosi ijobat qilinadi, deyilgan: «Allohumma zid hazal bayta tashriyfan va ta’ziyman va takriyman va mahabatan va zid man sharrofahu va karromahu mimman hajjahu av i’tamarohu tashriyfan va takriyman va ta’ziyman va birron», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu uyning sharafini, ulug’ligini, hurmatini, haybatini ziyoda qil. Va uni sharaflagan, hurmatlagan, haj qilgan, umrani bajargan kishilarning sharafini, ulug’ligini, yaxshiligini ziyoda et). Yana: «Allohumma antas salamu va minkas salamu hayyina robbana bissalam», deb aytadi. (Ey Rabbim, Sen salom sifatli zotsan, salomatlik Sendan. Bizni salomatlik ila tiriltir.), deb aytadi. So’ngra dunyo va oxirat yaxshiliklarini so’rab, xohlaganicha duo qiladi. Masjidga kirganda esa, masjidga kirish duosini o’qiydi. Atodan qilingan rivoyatda, Rasululloh agar Baytullohga yo’liqsalar, «A’uzu birobbil bayti minal kufri val faqri va ziyqis sodri va ‘azabil qobri», deb aytardilar. (Ma’nosi: Baytullohning Rabbi ismi ila kufrdan, kambag’allikdan, qalb ziqnaligidan, qabr azobidan panoh tilayman.) Baytullohga kirilganida, quyidagi duoni o’qish ham yaxshi amaldir: «Allohumma antas salam va minkas salam va ilayka yarji’us salam, hayyina robbana bis salam va adxilna daroka daros salam. Tabarokta robbana va ta’alayta ya zal jalali val ikrom». (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan, salom Sendandir. Salom Senga qaytuvchidir. Ey Rabbimiz bizni salom bilan tiriltir, hovling bo’lmish salom hovlisiga bizlarni kirit. Ey Rabbimiz, bizni barakotli va oliy qil. Sen ulug’ va hurmatli zotsan.) Fasl: Hajarul asvadni ushlaganda va tavofning boshlanishida: «Bismillahi vallohi akbar, Allohumma iymanan bika va tasdiyqon bi kitabika va vafa`an biahdika vattiba’an lisunnati nabiyyka sollallohu alayhi vasallam», deb, aytish mustahab amal. (Ma’nosi: Alloh nomi bilan Uni ulug’lab, Ey Rabbim, Senga iymon keltirib, kitobingni tasdiqlab, ahdingga vafo qilib, Payg’ambaringning sunnatiga tobe’ bo’lib boshlayman.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling