Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Iftor paytida aytiladigan duolar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
149-bob. Iftor paytida aytiladigan duolar 
 
480/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
og’izlarini ochsalar: «Zahaba az-zamau vabtallatil uruqu va sabatal ajru inshaallohu 
ta’ala», deb aytardilar». (Ma’nosi: Chanqoqlik ketib, tomirlar ho’llanib, Xudo xohlasa, ajr 
sobit bo’ldi.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 
 
481/2. Muoz ibn Zuhra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor 
qilsalar:  
 
«Allohumma laka sumtu va ‘ala rizqika aftortu», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, Sen 
uchun ro’za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim.) Abu Dovud mursal holatda 
rivoyat qilganlar. 
 
482/3. Muoz ibn Zuhradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar iftor qilsalar:  
 
«Alhamdu lillahillaziy a’ananiy fasumtu va rozaqoniy faaftortu», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
Allohga hamd bo’lsin. U menga yordam berdi, ro’za tutdim, menga rizq berdi, iftor 
qildim.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
483/4. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar:  
 
«Allohumma laka sumna va ‘ala rizqika aftorna, fataqobbal minna innaka antas sami’ul 
‘aliym», deb aytardilar». (Ma’nosi: Ey Rabbimiz, Sen uchun ro’za tutdik va Sen bergan 
rizq bilan iftor qildik. Bizdan qabul et. Albatta, Sen bilguvchi va eshitguvchi zotsan.) Ibn 
Sunniy rivoyatlari 
 
484/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ro’zadorning iftor paytida qilgan duosi rad qilinmaydi», dedilar. 
Ibn Abu Mulayka: «Abdulloh ibn Amr iftor qilsalar:  
 
«Allohumma inniy as`aluka birohmatika allatiy vasi’at kulla shay`in an tag’firo liy», deb 
aytardilar», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, har bir narsada keng qilib qo’ygan rahmatingni 
so’rayman, meni mag’firat ayla.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlar 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling