Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Taroveh namozidagi zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
143-bob. Taroveh namozidagi zikrlar Bilingki, taroveh namozi sunnat amaldir. Bunga hamma ulamolar ittifoq qilishgan. U yigirma rak’atdir. Har ikki rak’atda salom beriladi. Tarovehning sifati xuddi boshqa namozlar singaridir. Buni yuqorida ko’rib o’tdik. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 127 144-bob. Hojat namozidagi zikrlar 469/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Alloh taologa yoki odam bolalaridan birortasiga hojati bo’lsa, chiroyli tahorat olib, ikki rak’at namoz o’qisin va Allohga sano, Rasulullohga salovot aytib, so’ng ushbu duoni o’qisin: «La ilaha illallohul haliymul kariym. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘aziym. Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn. As`aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag’firotika val g’oniymata min kulli birrin, vassalamata min kulli ismin, la tada’ liy zanban illa g’ofartahu va la hamman illa farrojtahu va la hajatan hiya laka rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: Halim va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arsh rabbi Allohni poklab yod etaman. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin. Rahmatingga mustahiq bo’ladigan narsani, mag’firatingni vojib qiladigan narsani, har bir yaxshilikda g’animatni va har bir gunohdan salomat bo’lishni so’rayman. Menda biror gunoh qoldirmasdan mag’firat qilishingni, biror g’am qoldirmasdan ochib yuborishingni va o’zing rozi bo’ladigan biror hojat qoldirmasdan ravo qilishingni so’rayman, ey rahm qilguvchilarni Rahmlisi.) Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 470/2. Usmon ibn Hunayf (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ko’zi ojiz bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Alloh menga ofiyat-sihat berishini so’rab duo qilsangiz», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xohlasang duo qilaman, xohlasang sabr qil, ana shu sabr qilishing sen uchun yaxshidir», dedilar. Haligi kishi duo qilishlarini so’radi, Nabiy alayhissalom unga chiroyli tahorat olishni, so’ng ushbu duoni aytishni buyurdilar: «Allohumma inniy as`aluka va atavajjahu ilayka binabiyyika Muhammadin nabiyyir rohmati sollallohu alayhi vasallam, ya Muhammadu, inniy tavajjahtu bika ila robbiy fiy hajatiy hazihi lituqzo liy. Allohumma fashaffi’hu fiyya». (Ma’nosi: Allohim, men payg’ambaring Muhammad alayhissalom bilan Senga yuzlanib, Sendan so’rayman. Ey Muhammad alayhissalom, men bu hojatim ravo bo’lishi uchun siz bilan Rabbimga yuzlandim. Ey Rabbim, ana shunda u kishini menga shafoatchi qil.) Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling