Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
150 175-bob Safarda mahbub bo‘lgan duolar 536/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shak-shubhasiz, uch duo ijobat qilingandir: mazlumning duosi, musofirning duosi, otaning farzandiga qilgan duosi», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari. Termiziy bu hadisni hasan, deb aytdilar. Abu Dovuddan tsilingan rivoyatda «farzandiga» degan lafz yo’q. 176-bob Musofir tepalikka (dovon)ga ko‘tarilganda takbir, pastlik (vodiy)ga tushganda tasbeh aytishi haqida 537/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bu zot: «Agar tepalikka ko‘tarilsak, takbir aytardik. Agar pastlikka tushsak, tasbeh aytardik», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 538/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam va askarlari agar tepalikka ko‘tarilishsa, takbir aytishar edi. Agar pastlikka tushishsa, tasbeh aytishar edi. Abu Dovud rivoyatlari. 539/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar haj yoki umradan (roviy: «o‘azot, deb aytganlarini bilaman, xolos», dedilar) qaytadigan bo‘lib, tepalik yoki sahro yeriga ko‘tariladigan bo‘lsalar, uch marta takbir aytib, so‘ngra: «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shayin qodiyr. Oyibuna obiduna sajiduna lirobbina hamiduna, sodaqollohu va’dahu va nasoro abdahu va hazamal ahzoba vahdahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mulk U uchundir. Hamd ham U uchundir. U har bir narsaga qodirdir. (Bizlar) qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz. Allohning va’dasi haqdir. Quliga nusrat berib, ahzoblarni (guruhlarni) yakka Uzi yengadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 540/4. Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lganimizda, agar biror vodiyga ko‘tarilsak, tahlil va takbir aytardik. Shunda ovozimizni baland qilib ko‘tarar edik. Buni eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey insonlar, nafslaringizni muloyim tutinglar. Chunki sizlar kar yoki bu yerda yo‘q bo‘lgan Zotga duo qilmayapsizlar. Zero, U zot sizlar bilan birgadir. Albatta U eshitguvchi va yaqinda turuvchi Zotdir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Imom Termiziy qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga taqvo etishni va har qanday tepalikka ko‘tarilishda takbir aytishni lozim tut», deb aytdilar. 541/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yerning baland qismiga ko‘tarilsalar, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 151 «Allohumma lakash sharafu ‘ala kulli sharafin va lakal hamdu ‘ala kulli hol», deb aytardilar. ( Ma’nosi: «Har balandlikda Seni ulug‘lash va har holatda Senga hamd aytish bor».) Ibn Sunniy rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling