Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob (Minilishi) qiyin bo‘lgan ulovda aytiladigan duo
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
180-bob (Minilishi) qiyin bo‘lgan ulovda aytiladigan duo 543/1. Mashhur tobe’inlardan Abu Abdulloh Yunus ibn Ubayd ibn Dinor al-Basriy aytdilar: «Kishi (minilishi) qiyin bo‘lgan ulovning qulog‘iga «Afag‘oyra diynillohi yabg‘una valahu aslama man fissamavati val arzi tov’an va karhan va ilayhi yurja’un», desa, Allohning izni bilan to‘xtab qoladi». Ibn Sunniy rivoyatlari. 181-bob Biror qishloqni ko‘rib, kirish yoki kirmaslikni xohlaganda aytiladigan zikrlar 544/1. Suhaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror qishloqni ko‘rib, unga kirishni xohlasalar, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 152 «Allohumma robbas samavatis sab’i vama azlalna, val arziynas sab’i vama aqlalna, va robbish shayotiyni vama azlalna va robbar riyohi vama zarayna, as’aluka xoyra hazihil qoryati va xoyra ahliha va xoyra ma fiyha, va na’uzu bika min sharriha va sharri ahliha va sharri ma fiyha», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen yetti osmon va uni soyalantiradigan narsalarning Parvardigorisan, yetti yer va u ko‘tarib turgan narsalarning Parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning Parvardigorisan, shamol va u uchirgan narsalarning Parvardigorisan. Allohim, bu qishloqning yaxshisini, ahlining yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman. Allohim, bu qishloqning yomonidan, ahlining yomonidan va undagi yomonliklardan Sening noming ila panoh tilayman».) Nasaiy va Ibn Sunniy rivoyatlari. 545/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror yerga tashrif buyurib, u yerga kirishni xohlasalar, «Allohumma inniy as’ aluka min xoyri hazihi va xoyri ma jama’ta fiyha va a’uzu bika min sharriha va sharri ma jama’ta fiyha. Allohummarzuqna hayoho, va a’izna min vabaho, va habbibna ila ahliha va habbib solihiy ahliha ilayna», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan bu shaharning yaxshisini va unda jamlagan narsalaringning yaxshisini so‘rayman. Allohim, Sendan bu shaharning yomoni va unda jamlagan narsalaringning yomonidan panoh tilayman. Allohim, undagi hayodan bizni rizqlantir. Vabosidan bizga panoh ber. U yer ahliga bizni do‘st ayla. Va solih ahllarini bizga do‘st et».) Ibn Sunniy rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling