Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
170 bo‘linmaydi. Shu singari kar salom bersa va javobni xohlasa, til bilan aytib, ishora ila javob beradi. Shunda u kishidan javob vojibligi soqit bo‘ladi. Agar tilsizga salom berilsa, u tilsiz qo‘li bilan ishora qilib javob bersa, undan vojib soqit bo‘ladi. Chunki uning ishorasi ta’bir o‘rniga o‘tadi. Agar tilsiz (duduq) ishora bilan salom bersa, javobga haqdordir». Fasl: Bir kishi salom bersa, so‘ngra yaqinroq bir joyda yo‘liqib qolsa, unga ikki va uch marta, balki bundan ham ko‘proq salom berish sunnatdir. 617/5. Abu Hurayradan (r.a.) namozini yomon holda o‘qigan kishi haqida rivoyat qilinadi. U kelib namoz o‘qidi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik olgach, «Qaytadan namoz o‘qi. Chunki sen hali namoz o‘qimading», dedilar. U qaytib namoz o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Hattoki, shuni uch marta qildi. 618/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning biringiz birodariga yo‘liqsa, unga salom bersin. Agar ular orasini daraxt yo devor yoki tosh to‘sib ko‘yib, so‘ngra unga yana yo‘liqsa, salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 619/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ketishayotganda ro‘paralaridan daraxt yoki adirlik chiqib qolib, o‘ng va chapga qayrilib ajrashsa, so‘ngra yo‘liqishsa, yana bir-birlariga salom berishar edi. Ibn Sunniy rivoyatlari. Fasl: Agar ikki kishi yo‘liqib, har biri shu vaqtning o‘zida salom bersa yoki biri boshqasidan keyin salom bersa, nima bo‘ladi? Bu haqda Qozi Husayn va Abu Sa’d Mutavalliylar shunday deyishadi: «Ikkovi ham salomni boshlagan bo‘lib, ularning har biriga salomga javob qaytarish vojib bo‘ladi». Ammo Abu Bakr Shoshiy esa: «Bunga to‘xtalib bir oz javob berishga to‘g‘ri keladi. Agar biri ikkinchisidan keyin salom bersa, javob bo‘ladi. Agar bir vaqtning o‘zida bo‘lsa, javob bo‘lmaydi», dedilar. Mana shu Shoshiy aytgan fikr to‘g‘riroqdir. 620/8. Abu Jizyil Hujaymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, «Alaykassalam, ey Allohning rasuli», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alaykassalam, demagin. Chunki u o‘liklarning salomidir», dedilar. Abu Dovud , Termiziy va boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hadis salomning mukammal va yaxshiroq ekanini bayon etishda vorid bo‘lgan. Bundan «salom emas» degan maqsad bo‘lmaydi. Vallohi a’lam. Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitoblarida shunday deydilar: «Bu hadisga binoan salomni «Alaykum assalom», deb boshlamoqlik makruhdir. Agar boshlab ko‘ygan bo‘lsa, javob vojib bo‘ladi. Chunki u ham salom-da». Fasl: Hamma so‘zdan oldin salomni boshlash musulmon kishiga sunnatdir. Sahih hadislar va ummatning salafi va xalafining amali shunga muvofiqligi mashhurdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling