Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
ham salom, dedi».
Hadisi sharifdan dalil esa yuqorida Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatdagi Odam alayhissalomga farishtalar qilgan javobdir. Buni bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar berganlar. Unda Alloh: «Mana shu saloming zurriyoting salomidir», degan. Bu ummat ham o‘sha zurriyot ichiga kiruvchidir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 168 609/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror gap aytsalar, eshituvchi uni anglagunicha uch marta qaytarardilar. Agar biror jamoaga borib salom bersalar, uch marta salom berardilar.. Imom Buxoriy rivoyatlari. Bu hadisning ma’nosi agar jamoat ko‘p bo‘lsa, deganidir. Fasl: Haqiqiy sunnatga amal qilingan salom ovozini salom berilgan kishi eshitish darajasida aytilganidir. Agar uni eshitmasa, salom beruvchi deb hisoblanmaydi. Unga javob qaytarish ham vojib bo‘lmaydi. Salomga alik oluvchidan vojib soqit bo‘lishi uchun uning ovozini salom beruvchi eshita oladigan darajada bo‘lishi kerak. Agar salom beruvchi uni eshitmasa, javob qaytaruvchidan vojib soqit bo‘lmaydi. Bularni Mutavalliy va boshqalar zikr qilishgan. Imom Navaviyning fikrlaricha, salom berilgan kishi eshitadigan darajada ovozni balandlatish mahbub sanalgan ishdir. Agar uni eshitdimi yoki eshitmadimi, deb shak qiladigan bo‘lsa, ovozni yana ham balandlatadi va uni bildirishga harakat qiladi. Agar salom berayotganda salom berilgan kishilar orasida uxlayotgan bo‘lsa, ovozni pasaytirish sunnatdir. Salom shu darajada bo‘lsinki, uyg‘okdar eshitib, uyqudagilar uyg‘onib ketmasin. 610/4. Miqdoddan (r.a.) qilingan uzun hadisda keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sutdan bo‘lgan nasibalarini olib qo‘ydik. U zot kechasi kelib, uyqudagilar uyg‘onmaydigan va uyg‘oqlar eshitadigan qilib salom berdilar. Mening uyqum kelmasdi. Ammo ikki sherigim uxlab bo‘lishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib, avval qanday salom bersalar, shu tarzda salom berdilar». Imom Muslim rivoyatlari. (Ushbu hadis uzun bo‘lib, bu yerda mavzuga tegishli joyi qisqa holda keltirilyapti... - tarj.) Fasl. Imom Abu Muhammad qozi Husayn va Imom Abul Hasan al-Vohidiy hamda boshqalarning fikricha, salomga javobni tezlik bilan berish kerak. Agar kechiktirib alik qilsa, javobi o‘tmaydi. Javobni tark qilgani sababli gunohkor ham bo‘ladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling