www.ziyouz.com kutubxonasi
174
«Ey amaki, «La ilaha illallohu», deb ayting», dedilar...» Roviy bu hadisni uzunligi ila zikr
qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
634/12. Imom Buxoriy va Muslimning rivoyatlarida keltirilishicha, Ka’b ibn Molik (r.a.)
va ikki hamrohlari Tabuk g‘azotiga bormay qolishganida, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam sahobalarni ular bilan gaplashishdan man qildilar. Ka’b ibn Molik aytadilar:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, u zotga salom berardim-
da va ikki lablarini qimirlatdilarmi yoki yo‘qmi, deb alik olayotganlariga nazar solardim».
Abu Bakr ibn Arabiy zikr qilishlaricha, ulamolar: «Gunohkorga salom beraveradi, chunki
salom Alloh ismlaridan biri bo‘lib, ma’nosi Alloh sizlarni kuzatuvchi, deganidir. Ammo
yosh bolalarga salom berish sunnat amaldir», deyishdi.
635/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bolalar yonidan o‘tib ketayotib, ularga
salom berdilar-da, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilardilar», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Muslimning rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yosh bolalar oldidan
o‘tdilar-da, ularga salom berdilar», deb kelgan.
636/14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
o‘ynayotgan yosh bolalar oldidan o‘tdilar-da va ularga salom berdilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
Ibn Sunniy rivoyatlarida keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Assalomu alaykum, ey bolalar», dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |