Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
175 Fasl: Bozorda yoki ko‘chada, bir-biriga ko‘p yo‘liqiladigan joylarda ba’zilarga xoslab salom berishning zarari yo‘q. Chunki har bir yo‘liqqan kishiga salom beraverish ham muhim ishlardan to‘xtatib, odatiylikdan chiqarib yuboradi. Salom berishdan maqsad - yo do‘stlikni kasb qilish yoki o‘rtadagi karohiyatni daf qilish. Fasl: Mutavalliy aytadilar: «Agar jamoat bir kishiga salom bersa, haligi kishi «Vaalaykum assalom», deydi. Bu bilan hammani qasd qiladi. Va undan hammaning hakqidagi alik olish vojibi soqit bo‘ladi. Xuddi janoza namozini bir daf’ada o‘qilganda, boshqa hammadan namozning farzligi soqit bo‘lgani kabi». Fasl: Morudiy aytadilar: «Agar kishi ozroq jamoat oldiga kirsa, bir salomni umumlashtirib, o‘sha bitta bilan kifoyalanadi. Ba’zilarni xoslab ziyoda qiladigan bo‘lsa, u odobdandir. Ulardan ham bir kishi alik oladi. Ulardan ham alik olishda ziyoda qiladigan bo‘lsa, u ham odobdandir. Agar jamoat joyi va majlisxona kabi bir salom tarqamaydigan makon bo‘lsa, bu yerdagi salomning sunnati kiruvchi kishining birinchi kirgan paytida salom berishidir. Shu bilan u hamma eshitganlarning hakqidagi salomni ado qilgan bo‘ladi. Va eshitgan kishilarning barchasidagi alik olishning farzi kifoyasiga doxil bo‘ladi. Agar o‘tirishni xohlasa, eshitmay qolganlardan salomning sunnati soqit bo‘ladi. Bordiyu eshitganlardan keyingi qatordagi eshitmaganlar yoniga o‘tirishni xohlasa, bu haqda ikki xil fikr aytilgan: avvalgisi - salom aytish ila salom hosil bo‘ladi. Chunki ular bir jamoadir. Salomni qaytadan berishi esa odobdandir. Shunga binoan qaysi majlis ahli unga alik olsa, bu bilan hammalaridan farzi kifoya soqit bo‘ladi, deyilgan. Ikkinchi fikr esa - salom beruvchi o‘tirmoqchi bo‘lsa, ovoz yetmagan kishilar uchun salomning sunnati soqit bo‘lmagan. Shunga ko‘ra, orqada o‘tirganlar alik olganiga qaramay, oldingilardan farz soqit bo‘lmaydi». Fasl: Kishi uyiga kirsa va u yerda hech kim bo‘lmasa ham, «Assalomu alayna va ‘ala ibadillahis solihiyn», deb salom berishi mustahabdir. Buni kitobimizning avvalidagi «Uyga kirishda aytiladigan zikrlar» bobida bayon qilganmiz. Shu singari masjidga yoki boshqa birovning uyiga kirsa-yu, u yerda hech kim bo‘lmasa ham, «Assalomu alayna va ‘ala ibadillahis solihiyn, Assalomu alaykum ahlal bayti va rohmatullohi va barakatuhu», deb aytish ham mustahabdir. Fasl: Bir jamoa bilan o‘tirgan bo‘lsa-yu, so‘ngra ulardan ajrab turadigan bo‘lsa, yana salomlashmog‘i sunnatdir. 638/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz biror majlisga boradigan bo‘lsa, salom bersin. Agar turishni xohlasa ham, salom bersin. Avvalgisi oxirgisidan haqli emasdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Imom Navaviy aytadilar: «Haligi ajralayotgandagi salom bergan kishining salomiga jamoatning alik olishi vojibdir». Qozi Husayn va Abu Sa’d Mutavalliylar: «Jamoadan ajrab ketayotganda ba’zi odamlar orasida salom berish odati bor. Bu duo bo‘lib, unga javob qaytarish vojib bo‘lmay, balki mustahabdir. Chunki salom ajralayotganda emas, balki yo‘liqqanda bo‘ladi», deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling