Abu Said Mutavalliy aytdilar: «Hammomdan chiqayotgan kishiga «yoqimli hammom»
kabi so‘zlarni aytmoq joiz emas. Ya’ni, bu so‘zlarning asli yo‘qdir. Lekin rivoyatda Ali
(r.a.) hammomdan chiqayotgan kishiga «Najas bo‘lmasdan pok bo‘lgin», deganlar».
Imom Navaviyning fikrlaricha, bu o‘rinda biror narsa aytish joiz emas. Agar yaqinlik,
ulfat va do‘stlikni jalb qilish uchun «Ado mallohu lakan na’iyma», ya’ni «Alloh senga bu
ne’matni bardavom qilsin» kabi duolarni aytishning zarari yo‘qdir.
Agar o‘tib ketayotgan kishi o‘tirgan kishiga salom o‘rniga «Alloh tonggingizni xayrli
qilsin» yoki «Sodatli etsin» yoki «Alloh qo‘llab-quvvatlasin» yoki shunga o‘xshash
kishilar odatda ishlatadigan so‘zlarni aytsa, javob berish shart emas. Bu kishi salomga
beparvo bo‘lib, xilof qilgani uchun unga tanbeh ma’nosida javob tark etiladi. Unga va
boshqalarga salom berishga undash uchun odob bergan holda shunday qilinadi.
Fasl: Agar zohidligi, islohchiligi, ilmi, sharafi, taqvodorligi yoki din ishlaridan bo‘lgan
shunga o‘xshash narsasi uchun boshqa kishining qo‘li o‘pilsa, makruh bo‘lmay, balki
mustahab amaldir. Lekin boyligi-dunyosi, badavlatligi, shavkati, obro‘si uchun dunyo
ahllarining ko‘lini o‘psa, qattiq makruhdir. Mutavalliy fikrlaricha, haromdir.
651/1. Zore’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning qo‘llari va oyoqlarini o‘pish uchun ulovlarimizdan shoshib borar edik»,
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.