Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
179 652/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot bir qissada: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo‘lib, qo‘llarini o‘pdik», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Ammo kichik bolaning yuzidan o‘pish yoki ukasini o‘pish yoki yuzidan boshqa joylarini o‘pishi shafqat, rahmat, lutf va qarindoshlik muhabbati yuzasidan sunnatdir. Bunga mashhur sahih hadislar ko‘pdir. U xoh o‘g‘il, xoh qiz bo‘lsin. Shu singari bolalari do‘stini va boshqa yosh bolalarni ham shu alfozda o‘pish sunnatdir. Ammo shahvat bilan o‘pish ittifoq qilingan holda haromdir. Xoh yosh bola bo‘lsin, xoh boshqasi bo‘lsin. Hatto shahvat bilan nazar qilish haromdir. Xoh yaqini, xoh uzoq kishisi bo‘lsin. 653/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan ibn Alini (r.a.) o‘pganlarida, huzurlarida Aqra’ ibn Hobis at-Tamiymiy bor edi. Shunda u: «Mening o‘nta bolam bor-u, ularning birortasini o‘pmaganman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qaradilar-da, «Kim rahm qilmasa, rahm qilinmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 654/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam huzurlariga a’robiylar kelib, «Sizlar yosh bolalaringizni o‘pasizlarmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. Ular: «Biz, Allohga qasamki, bolalarimizni o‘pmaymiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlardan rahmni tortib olgan bo‘lsa, men nimaga ham qodir bo‘lardim?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis boshqacha lafzlar bilan ham rivoyat qilingan. 655/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘illari Ibrohimni ushlab turib, o‘pdilar va hidladilar. Imom Buxoriy va boshqalar rivoyati. 656/6. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Madinaga kelingan paytda Abu Bakr (r.a.) bilan birga (uylariga) kirsak, qizlari Oisha (r.a.) isitma bo‘lib yonboshlab yotgan edilar. Abu Bakr (r.a.) oldilariga borib, «Ey qizcham, ahvolingiz qanday?» deb yuzlaridan o‘pib qo‘ydilar». Abu Dovud rivoyatlari. 657/7. Safvon ibn Assoldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir yahudiy do‘stiga «Anavi nabiy huzuriga bizni olib bor», dedi. Bas, ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, to‘qqizta ochiq-oydin oyat haqida so‘rashdi. (Hadisning davomida) ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llari va oyoqlarini o‘pib, «Biz guvohlik beramizki, albatta sen nabiydirsan», deyishdi. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. 658/8. Iyos ibn Dag‘faldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Abu Nazrani Hasan ibn Alining (r.a.) yuzidan o‘pganini ko‘rdim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Ibn Umar (r.a.) o‘g‘illari Solimni o‘pib, «Qariya qariyani o‘pganida ajablaninglar», dedilar. Bu ummatning zohid va obidlaridan biri bo‘lgan Sahl ibn Abdulloh at-Tustariy Abu Dovud Sijistoniyning oldilariga kelib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini gapiruvchi o‘sha tilingizni chiqaring, o‘pib olay», deb o‘par edilar. Salaflarimizning bu to‘g‘ridagi amallari chegarasiz ko‘p edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling