Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
180 Fasl: Solih mayyit kishining yuzini muborak bo‘lgani uchun o‘pishning zarari yo‘q. Safardan qaytgan do‘stining yuzidan o‘pishning ham zarari yo‘q. 659/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari haqidagi uzun hadisda aytilishicha, Abu Bakr (r.a.) u zot huzurlariga kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlarini ochdilar. So‘ngra engashib turib o‘pdilar-da, yig‘lab yubordilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 660/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimda edilar. Zayd kelib eshikni taqillatdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib, kiyimlarini sudrab borib, quchoqlashib o‘pdilar». Imom Termiziy rivoyatlari. Ammo yosh bola va safardan qaytuvchidan tashqari kishilarning yuzidan o‘pish va quchoqlashish makruhdir. Bunga dalil quyidagi hadis: 661/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari. Fasl: Bilingki, yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish sunnat amaldir. 662/12. Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Anasga (r.a.) «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarida qo‘l berib so‘rashish bormidi?» desam, «Ha», deb javob qildilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 663/13. Ka’b ibn Molikning (r.a.) tavbalari haqidagi qissada keltirilishicha, «Talha ibn Ubaydulloh (r.a.) yugurib kelib, menga qo‘llarini berib so‘rashdilar va tabrikladilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 664/14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa, ular ikkovi ajralmaslaridan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 665/15. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki musulmon yo‘liqishsa, ikkovlari ajralmasdan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 666/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari. 667/17. Ato ibn Abdulloh al-Xurosoniydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ko‘l berib so‘rashinglar, u nafratni ketkazadi. Bir-biringizga hadya berib turinglar, shunda bir-biringizga muhabbat qilasiz hamda ginalar barham topadi», dedilar». Imom Molik rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling