Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
181 Bilingki, har yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish mustahabdir. Ammo kishilar odat qilib olganidek, subh hamda asr namozlaridan keyin ko‘l berib so‘rashishdek ma’lum bir vaqtlarni belgilab olish shariatda yo‘q. Lekin ko‘l berib so‘rashishning asli sunnat bo‘lgani uchun zarar qilmaydi. Ular esa ba’zi holatlarda bardavom bo‘lib, ko‘p holatlarda kamchilikka yo‘l ko‘yishdi. Ba’zida bo‘lsa ham, qo‘l berib so‘rashish shariatda vorid bo‘lgan narsadan chiqarib yubormaydi. Imom Abu Muhammad Abdusalom (r.a.) «Al-Qavo’id» nomli kitoblarida; «Albatta bid’at besh qism bo‘ladi: vojib, harom, makruh, mustahab, muboh. Subh va asr namozi so‘nggida ko‘l berib so‘rashmoq muboh bo‘lgan bid’atlar qatoriga kiradi», deganlar. Imom Navaviyning fikrlaricha, tuk chiqmagan chiroyli yuzli kishi bilan qo‘l berib so‘rashishdan saqlanmoq lozimdir. Chunki ularga nazar solishning o‘zi harom. Ba’zi sohiblarimizning fikricha, har bir nazar qilish harom bo‘lgan narsani ushlash ham haromdir. Balki ushlash undan ham harom. Uylanadigan kishi begona ayolga uylanishini iroda qilib qarasa, halol. Shu singari oldi-sotdi va olish-berishlarda ham nazar solish halol. Ammo bularning birortasida ushlashlik joiz emas. Fasl: Qo‘l berib so‘rashayotganda ochiq yuzli bo‘lish va mag‘firat so‘rab duo qilish mahbub amallardandir. 668/18. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Yaxshiliklardan birortasini past sanama! Agar birodaringga yo‘liqsang, ochiq yuz ila ko‘rishishing ham yaxshilikdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 669/19. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki musulmon yo‘liqishganda qo‘l berib so‘rashib jilmayishsa va do‘stona hamda nasihatda bo‘lishsa, o‘rtalaridagi xatolar sochilib ketadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa va Allohga hamd hamda istig‘forda bo‘lishsa, Alloh azza va jalla ularning gunohlarini mag‘firat qiladi», dedilar. 670/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rishgan ikki kishi yo‘liqib, bir-biriga qo‘l berib so‘rashishsa hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishsa, ajramaslaridan turib avvalgi-yu oxirgi gunohlari kechiriladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 671/21. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror kishining qo‘lini ushlasalar, «Allohumma atina fid-dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan vaqina azaban-nar», deb aytmasdan ajralmasdilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Fasl: Har qanaqa kishiga har bir holatda bo‘yin egish joiz emas. Biz bunga misol qilib, Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan 666-raqamli hadisni yuqorida keltirgandik. Ana shu hadis hasan bo‘lib, muxoliflik yo‘qdir. Ilm, isloh va boshqa fazilatli xislatlarga mansub kishilarni unga amal qilishlari sizlarni g‘ururga olib bormasin. Chunki ergashish faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xosdir. (Ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 182 vasallam bo‘yin egma dedilarmi, buyruqlarini bajarmoq lozim.) Alloh taolo Hashr surasining yettinchi oyatida: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling