Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
222 Oishadan (r.a.) sobit bo‘lgan rivoyatda keltirilishicha, ko‘zi bilan urgan kishi tahorat qilib, so‘ngra ko‘z tekkan kishi o‘sha tahorat suvida yuvinishga buyurilgan. Abu Dovud rivoyatlari. Bu hadis Imom Buxoriy va Muslim shartlariga binoan sahihdir. 831/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jindan va kishilarning ko‘zi tegishidan panoh tilab yurardilar. Qachonki, ikki «Qul a’uzu» suralari nozil bo‘lganida u zot ikkovini o‘qib, qolganini tark qildilar. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. 832/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynlarga panoh tilab, «U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin lammah», duosini o‘qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Ishoq alayhimassalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va yomon ko‘zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy rivoyatlari. 833/6. Said ibn Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror narsada ko‘z tegishidan ko‘rqsalar, «Allohumma borik fiyhi vala tazurrahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, unda baraka berib, zarar bermagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 834/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror narsa ko‘rib ajablansa, «Ma shaallohu la quvvata illa billahi», desa unga zarar yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «Alloh xohlagani bo‘ladi. Allohdan boshqa quvvat yo‘q».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 835/8. Sahl ibn Hunayfdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz nafsida va molida biror narsa ko‘rib, uni ajablantirsa, baraka tilab duo qilsin, chunki ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 836/9. Omir ibn Robiy’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning biringizni nafsi va molida biror narsa ajablantirsa, baraka tilab duo qilsin», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Abu Muhammad qozi Husayn «At-Ta’liq fil mazhab» nomli kitoblarida zikr qilishlaricha, nabiylardan biri kunlarning birida o‘z qavmiga nazar soldi. Ularning ko‘pligi nabiyni ajablantirdi. Shunda ulardan yetmish mingtasi vafot etdi. Alloh taolo: «Sening ko‘zing tegdi. Agar ko‘z tegishidan ularni himoya qilganingda halok bo‘lishmas edi», deb vahiy qildi. Nabiy: «Qaysi narsa ila ularni ko‘z tegishidan himoya qilaman?» deganida, Alloh taolo «Hassantukum bilhayyil qoyyum allaziy la yamutu abadan, va dafa’tu ‘ankum suv'a bila havla vala quvvata illa billahil aliyyil aziym», deb aytishni vahiy qildi. (Ma’nosi: «Abadiy o‘lmaydigan Hayy va Qoyyum sifatli zot ila sizlarni himoya qilaman. Ulug‘ va oliy hamda kuch-quvvatda tenggi yo‘q zot Alloh bilan sizlardan yomonlikni daf qilaman».) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 223 Qozi Husayn odatlariga ko‘ra agar do‘stlariga nazar solsalar, ularning qiyofasi va holati ajablantirsa, mana shu duo bilan ularni himoya qilardilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling