296-bob Osmonga nazar solganda o‘qiladigan duo
Osmonga qaraganda Oli Imron surasining 191-oyatini boshidan oxirigacha o‘qish
mahbub amaldir. Buni Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat
qilganlar. Biz buni yuqorida o‘rgandik.
297-bob Biror narsadan shumlanganda aytiladigan zikrlar
838/1. Muoviya ibn Hakam as-Sulmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, bizda
kishilar shumlanishadi», deganimda, u zot: «Bu ularning qalblarida bor narsadir, ularni
to‘sib bo‘lmaydi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
839/2. Urva ibn Omir al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan shumlanish haqida so‘ralganda, «Uning to‘g‘risi nekbinlikdir, musulmonni
shumlanish (orqaga) qaytara olmaydi. Agar shumlanishdan biror karih narsani
ko‘rsanglar,
«Allohumma la ya'tiy bilhasanoti illa anta vala yazhabu bissayyi'oti illa anta vala havla
vala quvvata illa billahi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, yaxshiliklarni Sen
olib kelasan. Yomonliklarni ham Sen ketkazasan. Sendan boshqa biror o‘zgartiruvchi
ham, quvvat ham yo‘qdir».) Ibn Sunniy va boshqalar rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |