Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
318-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni eshitgan kishining qiladigan ishi haqida Bilingki, musulmonning g‘iybatini eshitgan kishi g‘iybatdan qaytarib, so‘zlovchiga tanbeh Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 243 bermog‘i lozim bo‘ladi. Agar so‘z bilan tanbeh bera olmasa, qo‘li bilan, agar ko‘li va tili bilan tanbeh bera olmasa, ana shu majlisni tark etadi. Agar shayxi yoki fazl va isloh ahllari g‘iybat qilinsa, undan qaytarishga ko‘proq ahamiyat beradi. 901/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki birodari obro‘sini himoya qilsa, Alloh taolo Qiyomat kuni yuzidan do‘zaxni daf qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 902/2. Itbondan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib namoz o‘qidilar. Va: «Molik ibn Duxshum qaerda?» dedilar. Shunda bir kishi: «U munofiq-ku, Alloh va Uning rasuli munofiqni yaxshi ko‘rmaydi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday dema, uning «La ilaha illallohu», deganiga qaramaysanmi? U buni aytish bilan Allohning roziligini xohlaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 903/3. Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan edi. Bu zot Ubaydulloh ibn Zayyod huzuriga kirib, «Ey o‘g‘ilcham, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, albatta boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa ozor beruvchi bo‘lishdan chetlangin», dedilar. Ubaydulloh ibn Zayyod: «Utirgin, sen Muhammad alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», dedi. Oiz ibn Amr esa: «Ularning kichigi bo‘lmagan. (Ya’ni, ularning hammalari sof bo‘lishgan), balki ulardan keyin va boshqalarda «kichigi» degan narsa paydo bo‘lgan», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husaynning qotili Ubaydulloh ibn Zayyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan ularni hech narsa to‘xtata olmas edi... - tarj.) 904/4. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Tavba haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda qavm orasida o‘tirganlarida: «Ka’b ibn Molikka nima bo‘ldi?» dedilar. Shunda Bani Salamalik bir kishi: «Ey Rasululloh, uning kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (Ya’ni, boyligiga ajablanishi) bu yerga kelishidan to‘sib ko‘ydi», dedi. Buni eshitgan Muoz ibn Jabal: «Aytgan narsang buncha ham yomon. Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz unda faqat yaxshilik ko‘rganmiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 905/5. Jobir ibn Abdulloh va Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror kishi bir musulmon kishini hurmati ketib, obro‘si to‘kiladigan o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘ysa, Alloh taolo uni ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘yadi. Bir kishi bir musulmon kishiga obro‘si to‘kilib, hurmati ketadigan o‘rinda yordam bersa, Alloh taolo unga ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan joyda yordamini beradi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 906/6. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir mo‘min kishini munofiqdan himoya qilsa (roviy quyidagi so‘zlarni aytdilar deb shak qilyaptilar), Alloh taolo bir farishtani yuborib, Qiyomat kuni uning go‘shtini jahannam o‘tidan himoya qiladi. Kimki musulmonni bir narsa bilan ayblab, uni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling