Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga
musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar», deb aytgan. Shuning uchun Iblisni tasdiqlash joiz emas. Agar haqiqatda kishining fasod ekanligi isbot bo‘lib va muxolafatda ekani namoyon bo‘lsa ham, yomon gumon qilish joiz emas. Yomon gumonning alomatlaridan biri undagi narsaga qalbning Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 245 o‘zgarmoqligidir. Bas, sen undan nafratlanib, noma’qul hisoblab, e’tiboring uni hurmat qilishga susayib, uning yomonliklaridan xafa bo‘lasan. Chunki shayton kishidagi yomonliklarda ozgina tasavvur bilan ham yaqinlashib oladi. Va o‘sha kishini «Bu sening sezgirliging, zakiyliging va fahming o‘tkirligidandir», deb avraydi. Albatta mo‘min Alloh nuri bilan qaraydi. U gumon qiluvchi esa shayton g‘ururi va zulmati ila nutq qiladi. Agar senga bir odil kishi xabar bersa ham, uni tasdiq ham etma, yolg‘onga ham chiqarma. Shunda sen ikki tomonga ham gumon ila yomonlik qilmaysan. Senda musulmon kishi haqida yomon fikr kelsa ham, sen uning rioyasini qil va uni hurmatlashni ziyodalashtir. Chunki shayton bundan g‘azablanadi va sendan o‘zini tortib, o‘sha birodaringga duo ila mashg‘ulligingdan ko‘rqadi va senga vasvasa qilmaydi. Agar bir musulmonda shak- shubhasiz hujjat bilan bo‘lgan xatoni ko‘rsang ham, sir tutgan holatda nasihat qil. Seni shayton aldab, uni g‘iybat qilishga chorlamasin. Agar unga va’z-nasihat qiladigan bo‘lsang, uning xato-gunohidan xabardor bo‘lganing sababli xursand holda nasihat qilma. Chunki u o‘sha paytda senga o‘zingni ulug‘lash ko‘zi bilan qaraydi. Sen esa pastlash ila unga qaraysan. Lekin uni gunohdan xalos etishda xuddi o‘zingga noqislik yetganda xafa bo‘lganing kabi xafa bo‘lishni qasd qil. Ana shu paytda unga nasihat qilmasdan noqisligini tark qilmog‘ing nasihat bilan tark qilganingdan yaxshidir. Imom Navaviyning fikrlaricha, agar kishining fikriga yomon gumon kelib qolib, shar’iy manfaat fikrlashga chorlamasa, uni to‘xtatmog‘i lozim bo‘ladi. Agar bunga chorlasa, masalan, roviylarni jarohatlash (ya’ni, hadis rivoyat qiluvchilarning kamchilik va fazilatlarini aytish) kabi hamda bundan boshqa narsalarda, ya’ni yuqoridagi bobda zikr qilganlarimizdagidek, g‘iybat muboh bo‘lgan narsalarda bo‘lsa joiz. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling