Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


«... (taqvodor zotlar) g‘azablarini ichlariga yutadilar va insonlarni avf


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

«... (taqvodor zotlar) g‘azablarini ichlariga yutadilar va insonlarni avf 
etuvchilardir va muhsinlarni Alloh yaxshi ko‘radi», deb aytgan (Oli Imron surasi, 
134-oyat). 
 
Avf qilish bilan nafsini xursand etish «Bu ish albatta voqe’ bo‘lar edi, uni ko‘tarib 
tashlashga yo‘l yo‘q. Musulmon birodarimni xalos etishdagi savobni o‘tkazib 
yubormoqligim yaxshi bo‘lmaydi», deb o‘ziga yo‘l topish bilan bo‘ladi. Bu haqda Alloh 
taolo: «Sabr qilib kechirimli bo‘lish ishlardagi azmu-qarordir», deb aytgan. (Sho‘ro 
surasi, 43-oyat). Va bundan tashqari yana Alloh taolo A’rof surasining 199-oyatida: 
«Marhamatli bo‘ling», deb aytgan. 
 
Sahih hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar bir banda birodariga 
yordam ko‘rsatsa, Alloh taolo unga ham yordam beradi», deb aytganlar. 
 
Shofe’iy (r.a.): «Kimdan rozilik talab qilinsa-yu, u rozi bo‘lmasa, bas, u shaytondir», 
dedilar. 
Bu haqda oldingilar quyidagi baytni bitishgan: 
Aytishsaki, falonchi senga qildi ko‘p yomon, 
Yigitning xor bo‘lgani - or-nomusin g‘orati. 
Yomonlik qarshisida qilgum uzrni qalqon, 
Uzrni qabul qilish - gunohlar kafforati. 
 
Bu zikr qilganlarimiz g‘iybatdan oqlanishga tashviq etuvchi narsalar bo‘lib, bu to‘g‘risi 
hamdir. Ammo Said ibn Musayyabning «Meni tahqirlaganni oqlamayman», deb aytgan 
so‘zlari va Ibn Siyrinning «Nimaga uning zarariga harom qilib, foydasiga halol qilaman? 
Chunki Alloh taolo g‘iybatni harom qilgan. Men hech qachon Alloh harom qilgan narsani 
halol qilmayman», deb aytgan so‘zlari zaifdir. Chunki bu yerda oqlovchi harom narsani 
halollamaydi. Balki hakqini soqit qiladi. Qur’onda va sunnatda kelgan narsalar avfni va 
haqqini soqit etishni mustahab ekanligini ko‘rsatyapti. Lekin Ibn Siyrinning «Hech 
g‘iybatimni muboh qilmayman», degan so‘zlari to‘g‘ridir. Chunki inson: «obro‘yimni 
g‘iybat qilgan kishiga berdim», desa muboh bo‘lmaydi. Balki boshqa g‘iybatlar harom 
bo‘lgani kabi haromdir. 
 
Ammo hadisda: «Sizlardan biringiz Abu Zamzamdek bo‘lishdan ojiz bo‘ladimi? U agar 
uyidan chiqadigan bo‘lsa, obro‘yimni kishilarga sadaqa qildim, deb aytar edi», deyiladi. 
Buning ma’nosi quyidagicha: «Meni tahqirlagani uchun dunyo va oxiratda undan evaz 
talab qilmayman». 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling