317-bob Ruxsat etilgan g‘iybat bayoni
Bilingki, giybat harom bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda isloh uchun ruxsat etilgan. Ana shu
isloh sahih, shar’iy maqsadda bo‘lib, undan boshqa yo‘l bilan yetishish mumkin
bo‘lmasa, o‘shanda ruxsat etilgan. U quyidagi oltita sabablarning birida bo‘ladi:
Birinchisi - shikoyat. Mazlum sultonga yoki qoziga yoki zolimni insofga chaqirishga qurbi
yetadigan shunga o‘xshash biror boshliqqa shikoyat qilib, «Falon kishi menga zulm qildi»
yoki «Mendan buni tortib oldi» kabi so‘zlar aytmogi joiz.
Ikkinchisi - munkar narsani o‘zgartirishga va osiyni to‘gri yo‘lga qaytarishga yordam
so‘ramoq. Bas, u ana shu munkar narsani ketkazishga qudrati yetadigan kishiga «Falon
kishi bunday ishlarni qilib yuribdi, uni bundan to‘xtatib qo‘ying» kabi so‘zlarni aytadi.
Ana shu paytda uning maqsadi munkar narsani ketkazishga bo‘lmogi kerak. Uning
maqsadi bunday bo‘lmasa, harom bo‘ladi.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |