Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
40-bob. Sajdadagi zikrlar Huzayfa (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqara, Oli Imron, Niso suralarini bir rak’atda o’qiganlarida, rahmat oyati kelsa, uni so’rar, azob oyati kelsa, undan panoh tilar, so’ng sajda qilar edilar, sajdalari qiyomlariga yaqin bo’lardi. Unda «Subhana robbiyal a’la»ni aytardilar. (Ma’nosi: Oliy Rabbim aybu nuqsonlardan pokdir.) Muslim rivoyatlari 118/1. Mo’minlar onasi Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom ruku’ va sajdalarida: «Subhanakallohumma robbana bihamdik, Allohummag’firliy», der edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, mening gunohlarimni mag’firat qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 119/2. Yana Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdada: «Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh»ni aytar edilar. Muslim rivoyatlari 120/3. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar sajda qilsalar: «Allohumma laka sajadtu va bika amantu va laka aslamtu, sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va sovvarohu va shaqqo sam’ahu va basoroh, tabarokallohu ahsanul xoliqiyn», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga sajda qildim va Senga iymon keltirdim va Senga bo’yin egdim. Yuzim xalq qiluvchi va suvrat beruvchi va ko’zni, quloqni ochuvchi Zotga sajda qildi. Xalq qiluvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli bo’ldi.) Imom Muslim rivoyatlari 121/4. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq ruku’ qilib, unda: «Subhana zil jabaruti val malakuti val kibriyai val ‘azomat»ni aytar edilar. Sajdalarida ham xuddi shundoq qilardilar. Sunan kitoblarida rivoyat qilingan. 122/5. Rasululloh alayhissalom: «Agar birortangiz sajda qilsa, kamida uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deb aytsin», dedilar. Sunan kitoblarida rivoyat qilingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling