Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Ruku’dan bosh ko’targanda va tik turganda o’qiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
39-bob. Ruku’dan bosh ko’targanda va tik turganda o’qiladigan duolar Ruku’dan bosh ko’tarilganida «Sami’allohu liman hamidah», deyilishi sunnat amaldir. 113/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’dan qomatlarini ko’targanlarida: «Sami’allohu liman hamidah» (Kim hamd aytsa, Alloh uni eshitadi), tik bo’lganlarida esa, «Robbana lakal hamd» (Rabbimiz, Senga hamd bo’lsin), deb aytar edilar (ba’zi rivoyatlarda: «Robbana va lakal hamd», bo’lib kelgan). Buxoriy va Muslim rivoyatlari 114/2. Ali (r.a.) va Ibn Abu Avfo (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’dan boshlarini ko’targanlarida: «Sami’allohu liman hamidah, Robbana lakal hamdu mil`as samavati va mil`a larzi va mil`a ma shi`ta min shay`in ba’d», der edilar. (Ma’nosi: Kim hamd aytsa, Alloh uni eshitadi. Rabbimiz, Senga osmon to’laligicha, yer to’laligicha va undan keyin nimani xohlasang, o’shaning to’laligicha hamd bo’lsin.) Muslim rivoyatlari 115/3. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’dan boshlarini ko’tarsalar: «Allohumma robbana lakal hamdu mil`as samavati val arzi va mil`a ma shi`ta min shay`in ba’d, ahlas sanai val majd. Ahaqqu ma qolal ‘abdu va kulluna laka ‘abd. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd», der edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Senga yeru osmon to’laligicha va undan keyin nimani xohlasang, o’shaning to’laligicha hamd bo’lsin. Ey Alloh Sen sano va ulug’lik ahlidansan. Banda aytadigan narsaga haqliroqsan. Va barchamiz Senga bandamiz. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man’ qiluvchi yo’q. Sen man’ qilgan narsani beruvchi yo’q. Boshqalarning buyukligi hech narsa emas, buyuklik faqat Sendandir.) Imom Muslim rivoyatlari 116/4. Ibn Abbos (r.a.) rivoyatlarida: «Robbana lakal hamdu mil`as samavati va mil`al arzi va ma baynahuma va mil`a ma shi`ta min shay`in ba’d», lafzida kelgan. Imom Muslim rivoyatlari 117/5. Rifo’ata ibn Rofi’ Zarqiy (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortlarida namoz o’qiyotganimizda, u zot ruku’dan boshlarini ko’tarib: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 38 «Sami’allohu liman hamidah», dedilar. Shunda bir kishi: «Robbana va lakal hamd, hamdan kasiyron toyyiban mubarokan fiyh» (Ey Rabbim, Senga ko’p, yaxshi, muborakli hamd bo’lsin), dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatib: «Bu kalimalarni kim aytdi?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Men», deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’ttizdan ortiq farishta uni birinchi bo’lib yozishga shoshilayotganini ko’rdim», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling