Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 123/6. Oisha (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir kuni Rasulullohni topolmay qoldim. Axtarib borsam, ruku’ (yoki sajda) qilayotgan ekanlar. Unda: «Subhanaka va bihamdika la ilaha illa anta»ni aytayotgan edilar. (Ma’nosi: Senga hamd aytish bilan Seni poklayman. Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari Muslimning boshqa bir rivoyatlarida Oisha onamiz aytadilar: «Mening qo’lim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oyoqlariga tegib ketdi. U zot oyoqlarini uzatib, sajdada turganlarida: «Allohumma a’uzu bika birizoka min saxotika va bimu’afatika min ‘uqubatika va a’uzu bika minka, la axsiy sanaan ‘alayk, anta kama asnayta ‘ala nafsik»ni o’qiyotgan edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening roziliging bilan g’azabingdan, ofiyating bilan uqubatingdan panoh tilayman. Sening noming ila Sendan panoh tilayman (ya’ni g’azabingdan). Men Senga Sen o’zingga sano aytganing kabi ko’p sano ayta olmayman.) 124/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ruku’da Allohni ulug’langlar, sajdada duoni ko’paytiringlar, chunki (sajdadagi duo) ijobat bo’lishga loyiqdir», dedilar. Muslim rivoyatlari 125/8. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bandaning Rabbiga eng yaqin bo’ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni ko’paytiringlar», dedilar». Muslim rivoyatlari 126/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sajdalarida: «Allohummag’firliy zambiy kullahu, diqqohu va jillahu va avvalahu va axirohu va ‘alaniyatahu va sirroh»ni aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, gunohlarimning hammasini, ozini va ko’pini, avvalgisi va oxirgisini, ochiqchasini va maxfiyini kechir.) Muslim rivoyatlari Agar imkoni bo’lsa, yuqoridagi zikr qilgan duolarimizning hammasini jamlab, bitta sajdada o’qish mustahabdir. Ammo imkoni bo’lmasa, uch marta «Subhana robbiyal a’la», desa kifoya qiladi. Fasl: Tilovat sajdasini qilganda, namoz sajdasining duolari o’qilaveradi. Ularga qo’shimcha quyidagi duoni o’qish mustahabdir: «Allohummaj’alha liy ‘indaka zuxron va a’zim liy biha ajron va zo’ ‘anniy biha vizron va taqobbalha minniy kama taqobbaltaha min Davuda ‘alayhissalam». (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni menga huzuringda zaxira qil, u sababli ajrimni ko’paytir, u tufayli gunohlarni mendan ketkaz, Dovud alayhissalomdan qabul qilganingdek, mendan ham qabul et.) 127/10. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’on sajdasida: «Sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va shaqqo sam’ahu va basorohu bihavlihi va quvvatih», |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling